Muloqot çoğida hamkorlikning mumkin bölgan yönalişlarini, jumladan, Özbekiston fuqarolarini dunyoning yetakçi kemaçilik kompaniyalarining kruiz kemalarida işlaşga tayyorlaş va taşkiliy jönatiş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, xorijiy mutaxassislar tomonidan nomzodlarni tayyorlaş hamda Özbekistonda mehmondöstlik, restoran va servis sohalarida kadrlar tayyorlaşga ixtisoslaşgan qöşma öquv markazlarini taşkil etiş istiqbollari xususida fikr almaşildi.
Öz navbatida, xorijiy tomon Özbekiston hukumatining xorijda iş qidirayotgan fuqarolarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş borasidagi ilğor qadamlarini, şuningdek, taşqi mehnat migratsiyasi sohasidagi tizimli islohotlarni ijobiy baholadi.
Uçraşuv yakunida Özbekiston fuqarolarini kruiz kompaniyalarida işlaş uçun taşkiliy jönatiş böyiça "pilot" loyihasini işga tuşiriş va rejalaştirilgan taşabbuslarni amalga oşirişning amaliy mexanizmlarini yaratiş böyiça kelişuvlarga erişildi.









