Prezidentning "Kambağallikni qisqartiriş va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillaştiriş va samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarorida Xalqaro mehnat taşkilotining (XMT) Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi hamda işlab çiqariş muhiti töğrisidagi 155-sonli Konvensiyasi (Jyeneva, 1981 yil 22 iyun) qoidalarini milliy qonunçilikka joriy (implementatsiya) qiliş vazifasi belgilangan.
Hujjat bilan Mehnat xavfsizligini boşqariş tizimi töğrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi, u quyidagilarni nazarda tutadi:
- taşkilotlarda mehnatni muhofaza qilişni boşqariş tizimini rejalaştiriş, taşkil etiş, faoliyat körsatiş, yuritiş va takomillaştiriş tartibi;
- mehnatni muhofaza qiliş talablarini bajariş samaradorligini baholaş, kasbiy (mehnat) xavflarni boşqariş va ularni aniqlaş.
Mehnat xavfsizligini boşqariş tizimi quyidagilarni öz içiga oladi:
- xodimlarni mehnatni muhofaza qiliş, texnika xavfsizligi va mehnat gigiyenasi böyiça öqitiş;
- işlarni xavfsiz bajariş böyiça yöriqnomalar işlab çiqiş;
- iş örinlarini mehnat şaroitlari böyiça attestatsiyadan ötkaziş;
- xavfli omillarni aniqlaş, kasbiy xavflarni baholaş va boşqariş;
- xodimlarning soğliği holatini nazorat qiliş;
- xodimlarni yakka tartibdagi va (yoki) jamoaviy himoya vositalari bilan ta’minlaş;
- mehnat şaroiti noqulay işlarda band bölgan xodimlarga imtiyozlar va kompensatsiyalar beriş;
- iş beruvçining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş;
- işlab çiqarişdagi baxtsiz hodisalarni tekşiriş va hisobga oliş;
- kasb kasalliklari profilaktikasi;
- pudratçi taşkilotlar tomonidan işlarning xavfsiz bajarilişini nazorat qiliş.
Mehnatni muhofaza qiliş va sanoat xavfsizligi tizimining içki auditi iş beruvçining qaroriga köra mehnatni muhofaza qiliş xizmati (muhandisi) tomonidan amalga oşiriladi.











