Yangiqörğon tumanining Barkamol mahallasida sigir yoş bolalarga hujum qildi. Voqea şu atrofdagi kuzatuv kameralariga yozilib qolgan.

Kun.uz’ga kelib tuşgan videolavhada körinişiça, holat 2025 yil 16 iyul kuni soat 18:45 lar atrofida sodir bölgan. 4-5 çoğli bola uy oldida öynab ötirgan. Şu payt hovli oldida sigir paydo bölgan. U ötib keta turib, kutilmaganda bolalardan biriga hujum qilgan.

Sigir avvaliga bolani ikki bor suzgan. Söngra uni bosib ötgan. Sigir farzandini qutqariş uçun uydan yugurib çiqqan ayolga ham hujum qilgan. Tajovuzkor sigirni ajratiş uçun köpçilik bölib harakat qilişga töğri kelgan.

Holat yuzasidan Namangan viloyati IIB rasmiy axborot berdi. Unga köra, joriy yil 16 iyul kuni Yangiqörğon tumanining Barkamol mahallasida yaşovçi, 1968 yilda tuğilgan fuqaro A.O. öziga tegişli bölgan qoramollarni boşqa hududdagi yer uçastkasidan yaşaş uyiga olib kelayotgan bölgan. Şu vaqtda sigir yaşaş uyi oldida öynab yurgan 2023 yilda tuğilgan X.R. va uni himoya qilmoqçi bölgan onasi 1989 yilda tuğilgan fuqaro A.D.larni suzib, tan jarohati yetkazgan.

Yangiqörğon tumanlararo sud tibbiy ekspertizasining xulosasida fuqaro A.D.ga örtaça oğir va voyaga yetmagan R.X.ga yengil tan jarohati yetkazilganligi körsatilgan.

Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialining ma’lumotiga köra, jabrlanuvçilarga 18 iyul kuni yaşaş uyiga ruxsat berilgan. Ona va qiz yaşaş uyida ambulator şaroitda davolanmoqda.

Hozirda holat yuzasidan Yangiqörğon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda.

Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 110-moddasi (Hayvonlarni saqlaş qoidalarini buziş) 2-qismiga köra, aholi punktlarida hayvonlarni saqlaş qoidalarini buziş fuqarolarning soğliğiga zarar yetişiga olib kelsa, fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigaça miqdorda jarima qöllanadi. Ya’ni oqibati har qança jiddiy bölmasin hayvon egasi jarima bilan qutulib qoladi.

Jinoyat kodeksida hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş uçun javobgarlik bor. Biroq hayvonlarning (şu jumladan uy hayvonlarining) odamlarga nisbatan şafqatsizligi uçun ularning egalariga nisbatan heç qanday jazo yöq.