Muloqot çoğida ikki mamlakat örtasida mehnat migratsiyasi, kasb-hunarga öqitiş va kadrlar tayyorlaş sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Suhbat çoğida tomonlar fuqarolarini çet elda iş joyi bilan ta’minlaş va ijtimoiy himoya qiliş borasida tajriba almaşiş va uşbu yönalişda amalga oşirilayotgan işlar haqida özaro fikr almaşdi.

Fuqarolarni xorijga işga yuborişdan oldin ularni maxsus öquv kurslarida tayyorlaş, til, kasb könikma va mehnat qonunçiligi böyiça bilimlarini oşiriş masalasi jiddiy ahamiyatga egaligi qayd etildi.

Tomonlar mehnat migratsiyasi, kadrlar tayyorlaş va ijtimoiy himoya sohalarida tajriba almaşişga qiziqiş bildirib, 2023 yil fevral oyida imzolangan memorandum doirasida qöşma işçi guruh tuziş va amaliy hamkorlikni jonlantirişga kelişib oldi.

Şuningdek, kasbiy malaka sertifikatlarini özaro tan oliş, ta’lim standartlarini muvofiqlaştiriş va raqobatbardoş kadrlar tayyorlaş böyiça ikki tomonlama maslahatlaşuvlarni taşkil etiş taklifi bildirildi. Tomonlar axborot texnologiyalari, tibbiyot, muhandislik va qişloq xöjaligi sohalarida birgalikda öquv dasturlarini amalga oşirişga tayyorliklarini tasdiqladi.

Xorijda öz biznesiga ega milliy diaspora vakillari iştirokida qöşma investitsiya loyihalarni amalga oşiriş ham özaro iqtisodiy diplomatik munosabatlarning yangi yönalişi sifatida e’tirof etildi.

Vazir Çoudri Salik Husayn, şuningdek, uşbu yönalişdagi munosabatlarni batafsil muhokama qiliş uçun ikki tomon tegişli vazirlik va idoralarining özaro taşriflarini taşkil etiş, maxsus ta’lim muassasalari faoliyati, mehnat migratsiyasini boşqariş tajribasi va kadrlar tayyorlaş borasida hamkorlikning amaliy qismiga ötiş muhimligini ta’kidladi.