Qozoğiston ikkilamçi bozorida kvartiralar narxi oşişda davom etyapti, deya xabar beryapti Krisha.kz naşri.

Qayd etilişiça, joriy yilning birinçi yarmida narxlarning örtaça ösişi 3,4 foizni taşkil etgan. Xususan, quyidagi hududlarda kvartira narxining eng katta oşişi kuzatilgan:

  • Kostanay va Aqtau – 7,6 foiz;
  • Ust-Kamenogorsk – 5 foiz;
  • Pavlodar – 5,3 foiz;
  • Atyrau – 3,7 foiz.

Mamlakatdagi eng yirik şaharlar: Olmaota, Ostona va Çimkentda narxlarning qimmatlaşişi 3 foiz atrofida bölgan.

Krisha.kz tahlillariga köra, iyun oyining yakuni böyiça Qozoğistonning yirik hududlarida 1 kv metr uçun örtaça narxlar quyidagiça:

  • Olmaota – 767 528 tenge (1444 dollar);
  • Ostona – 528 750 tenge (995 dollar);
  • Çimkent – 447 793 tenge (842 dollar);
  • Aktau – 405 148 tenge (762 dollar);
  • Karaganda – 385 600 tenge (725 dollar).