Mainichi gazetasining yozişiça, Şigeru Işiba allaqaçon öz atrofidagilarga iste’foga çiqişini ma’lum qilgan.

Yaponiya boş vaziri Şigeru Işiba özi raisi bölgan hukmron Liberal-demokratik partiya (LDP) saylovlarda muvaffaqiyatsizlikka uçragaç, iste’foga çiqiş niyatida va avgust oyi oxirigaça iste’foga çiqişi mumkin.

Işiba uç sobiq hukumat rahbarlari — Yosixide Suga, Fumio Kişida va Taro Aso bilan uçraşuvlar ötkazişi kutilmoqda, buning özi atipik hisoblanadi. Gazetaning hukumatdagi manbasiga köra, boş vazir «uç nafar sobiq boş vazir oldida boş egadi».

20 iyul kuni bölib ötgan saylovlarda LDPning hukmron bloki va Komeito partiyasi parlament yuqori palatasida köpçilikni yöqotdi. Bu Işiba uçun ketma-ket ikkinçi yirik saylov mağlubiyati – ötgan yilning kuzida hukmron koalitsiya parlamentning asosiy quyi palatasida köpçilikni yöqotdi. Şundan söng, mahalliy matbuotga köra, LDPdagi köpçilik Işiba iste’fosini talab qila boşlagan.

Yaponiya hukmron koalitsiyasi parlamentning yuqori palatasida köpçilikni yöqotgan, biroq öşa paytda boş vazir Şigeru Işiba iste’foga çiqişni rejalaştirmaganini ma’lum qilgandi.