Germaniya kansleri Fridrix Mers va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron avgust oyi oxirigaça Kelajakdagi jangovar havo tizimi (Future Combat Air System, FCAS)ni birgalikda işlab çiqiş böyiça kelişmovçiliklarni bartaraf etiş niyatida, deb xabar berdi dpa 24 iyul, payşanba kuni.
Germaniya hukumati vakili Ştefan Korneliusning sözlariga köra, Berlindagi uçraşuv çoğida Mers va Makron öz mudofaa vazirlariga «FCAS loyihasi doirasida keyingi hamkorlikdagi işlarning real istiqbollarini baholaş va bu borada mavjud nizolarni hal qiliş böyiça takliflar kiritiş»ni topşirgan.
Germaniya Fransiyaning Dassault mudofaa kompaniyasidan «mavjud kelişuvlarga amal qilişini» kutmoqda, deb yozadi dpa. Uşbu kompaniya, şuningdek, Airbus Deutschland va Ispaniyaning Indra kompaniyalari loyihada uçdan bir teng uluşda iştirok etişi kerakligi tuşuniladi. Ayni paytda, ommaviy axborot vositalarining xabarlariga köra, Dassault loyihadagi uluşini 80 foizga oşirmoqçi, bu Germaniya uçun nomaqbuldir.
Dpa ma’lumotlariga köra, Fransiyaning Tulon şahrida 28 va 29 avgust kunlari Fransiya va Germaniya hukumatlarining qöşma yiğilişi bölib ötişi rejalaştirilgan. FCAS loyihasi böyiça kelişmovçilik şu sanagaça hal etilişi kerak.











