Prezident Şavkat Mirziyoyev 23 iyul kuni Hisob palatasining faoliyati hamda ijro tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanişdi.
Özbekiston prezidentining 2024 yil 10 iyuldagi “Budjet mablağlaridan foydalaniş ustidan moliyaviy nazoratni kuçaytiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoniga muvofiq, Hisob palatasining iş uslubi özgardi, uning vakolatlari kengaytirildi. Eskiça tekşiruvlardan voz keçilib, moliyaviy, muvofiqlik, samaradorlik va strategik audit tizimi joriy qilindi.

Endilikda bu palata faqat nazorat qiluvçi emas, balki budjet intizomiga kömaklaşuvçi hamkor idoradir. Şu bois asosiy e’tibor moliyaviy intizom buzilişining oldini oliş, buning omillarini tahlil qilişga qaratilmoqda.
Masalan, bu yil 6 oyda ötkazilgan audit tadbirlari natijasida 5 trillion 600 milliard söm samarasiz budjet xarajatlari qisqartirilgan, budjetga 5 trillion söm qöşimça tuşum imkoniyati aniqlangan.

Mamlakat iqtisodiyoti izçil ösib bormoqda. Bu, öz navbatida, moliyaviy nazorat kölami va iş hajmini ham oşiradi. Buni qamrab olişning samarali yöli – raqamlaştiriş. Şu maqsadda “Masofaviy audit” axborot tizimi işga tuşirilgan. Hozirgaça u orqali 4 trillion sömlik kamçiliklar bartaraf etilgan.











