Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi, Qaşqadaryo viloyati hokimligining quyidagi takliflariga rozilik beriladi:

  • Kökdala tumanidagi Kökdala pedagogika kolleji negizida kasbiy ta’limning barça darajalari böyiça örta böğin kadrlar tayyorlaşga ixtisoslaşgan Kökdala tuman 2-son politexnikumini  taşkil etiş;
  • sobiq Kökdala pedagogika kolleji hududida joylaşgan davlat maktabgaça ta’lim taşkiloti binosi hamda unga tutaş bölgan 0,5 ga yer maydoni Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tizimida qoldiriş.

Belgilab qöyilişiça:

a) texnikum Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi davlat kasbiy ta’lim taşkiloti hisoblanadi hamda uning faoliyati amaldagi kasbiy ta’lim taşkilotlarini moliyalaştiriş tartibi asosida hamda qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan amalga oşiriladi;
b) 2025-2026 öquv yilidan boşlab texnikumga umumiy örta ta’lim taşkilotining 9- va 11-sinf bitiruvçilari belgilangan tartibda öqişga qabul qilinadi va öquv jarayoni boşlanğiç, örta va örta maxsus kasbiy ta’lim dasturlari asosida kunduzgi, keçki va dual ta’lim şaklida amalga oşiriladi.
v) texnikumni saqlaş xarajatlariga 2025 yilda talab etiladigan mablağlar Qaşqadaryo viloyati mahalliy budjetiga ajratilgan mablağlar doirasida, 2026 yildan boşlab esa davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.

Texnikumning asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilanadi:

  • iqtisodiyot tarmoqlarida örta böğin kadrlariga talab yuqori bölgan kasb va mutaxassisliklar böyiça kadrlar tayyorlaş;
  • örta böğin kadrlar tayyorlaşda içki va taşqi mehnat bozorida takliflarni örganiş hamda iş beruvçilar bilan hamkorlik qiliş;
  • ta’lim va işlab çiqariş integratsiyasini ta’minlaş maqsadida dual ta’lim şaklida kadrlar tayyorlaşni kengaytiriş;
  • kadrlar tayyorlaş jarayoniga soha korxonalaridan amaliyotçilar, oliy ta’lim taşkilotlarining professor-öqituvçilari hamda malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qiliş;
  • xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qiliş orqali taşqi mehnat bozori ehtiyoji asosida kadrlar tayyorlaşni kengaytiriş;
  • mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblar böyiça işsiz va band bölmagan aholini qisqa muddatli kasblarga hamda xorijiy tillarga öqitiş, bunda qisqa muddatli öquv kurslarini iş beruvçilar talabiga muvofiq taşkil etiş;