24 iyulga ötar keçasi Rossiya dronlari zarbalari oqibatida Ukrainaning eng maşhur bozori – Odessadagi «Privoz» bozori zarar kördi. U 1827 yilda ğildiraklar bilan savdo qiliş joyi (ya’ni aravalar va izvoşlar; «Privoz» nomi ham şu bilan boğliq) sifatida oçilgandi. 1917 yildan oldinroq keyinroq bozor ramziga aylangan, «Mevali passaj» deb nomlangan arka şaklidagi darvozali pavilyonlar kompleksi qurilgan.

«Privoz»ning özi esa Odessa şahri ramziga aylanadi. Bu yerda ukrainlar, ruslar, yahudiylar, tatarlar va boşqa millat vakillari savdo qilişgan. Bu yerda «Odessa koloriti»ning bir qismiga aylangan hazillar va maqollar paydo böladi. «Privoz» haqida Isaak Babel öz asarlarida yozgan, Mixail Jvanetskiy hazillar töqigan. Bu şaharning asosiy bozori, gastronomik va tarixiy diqqatga sazovor joyi, madaniy markaz hisoblanadi.

Dronlar hujumi natijasida «Mevali passaj» qisman vayron bölgan. Savdo pavilyonlarida yonğin boşlangan, ammo u allaqaçon öçirilgan. Jabrlanganlar haqida xabar berilmagan. Hujumga qaramay, bozor işlaşda davom etmoqda. Savdo şoxobçalari zarar körgan sotuvçilar omon qolgan mahsulotlarni qutqarişga harakat qilişmoqda.

Michael Shtekel / AP / Scanpix / LETA
Nina Liashonok / Reuters / Scanpix / LETA
Nina Liashonok / Reuters / Scanpix / LETA
Nina Liashonok / Reuters / Scanpix / LETA

Tungi hujum paytida nafaqat «Privoz», balki Primorskiy bulvaridagi tarixiy obektlar ham hujumga uçragan. Ular orasida «London» mehmonxonasi (1846 yilda oçilgan Odessaning birinçi mehmonxonasi), Zolotarevlar uyi (me’moriy yodgorlik maqomiga ega) va Voronsovskiy saroyi bor.

Bu binolardagi şikastlaniş holatlari «Privoz» pavilyonlari kabi jiddiy emas. Ularning oynalari sinib, suvoqlari qisman köçib tuşgan.