Internetda Kambodja harbiylari artilleriyani işga solgani, Tailand F-16 rusumli qiruvçi samolyotlarini havoga kötargani aks etgan videolar tarqalmoqda.
Tailand va Kambodja bir-birini çegarada qurolli töqnaşuv boşlaşda ayblamoqda. Reuters agentligi ma’lumotiga köra, dastlabki otişmalar 24 iyul kuni tongda ikki mamlakat çegarasidagi bahsli hududda joylaşgan Ta Moan Txom ibodatxonasi atrofida boşlangan.
Tailand tomoniga köra, kambodjalik harbiylar Oddar-Meançey provinsiyasi hududiga razvedka droni uçirgan, şundan keyin baravar öt oçiş reaktiv tizimlari bilan tailandlik harbiylarni öqqa tutgan.
Tailanddagi Surin provinsiyasi hukumati ma’lum qilişiça, Kambodja harbiylari çegara hududdagi aholi punktlaridan birini artilleriyadan öqqa tutişi oqibatida mahalliy aholi vakillaridan ikki nafari halok bölgan. Tailand armiyasi esa Kambodja qöşini öt oçişi oqibatida ikki nafar askari yaralangani haqida xabar berdi.
Şu bilan birga, Kambodja mudofaa vazirligi Tailand qöşini asossiz bosqin uyuştirgan va Kambodja kuçlari «özini himoya qiliş tartibida javob qaytargani»ni aytmoqda.
Har ikki tomon ma’lumotlariga köra, töqnaşuvlar boşlanganidan keyin Tailand armiyasining F-16 rusumli qiruvçi samolyotlari Kambodjadagi nişonlarga hujum qilgan. Tailand armiyasi çegaradagi ikkita harbiy obektga zarba berilganini ma’lum qilgan. Öz navbatida, Kambodja mudofaa vazirligi qiruvçi samolyotlar yölga ikkita bomba taşlagani haqida xabar berdi. Kambodja harbiylari bayonotida «Tailand qirolligining Kambodja suvereniteti va hududiy yaxlitligiga qarşi aqlsiz va şafqatsiz harbiy tajovuzi keskin qoralanişi» aytiladi.
Tailand Ta’lim boşqarmasi çegara zonasidagi barça ta’lim muassasalarini yopdi va butun mintaqa böylab favqulodda vaziyatlarda harakat qiliş rejalarini işga tuşirdi. Tailand Kambodja bilan çegarada nazoratni kuçaytirdi va öz fuqarolarini Kambodja hududini tark etişga çaqirdi.
Bunga javoban Kambodja Tailandga elektr energiyasi va yoqilği yetkazib berişni, şuningdek, internetga kirişni çekladi. Çegaraning Kambodja tomonida ham tinç aholi evakuatsiya qilinmoqda.
Ikki davlat örtasidagi navbatdagi keskinlik may oyida qisqa muddatli otişma paytida kambodjalik askar halok bölganidan keyin yuzaga kelgandi. Şu hafta Tailand Kambodjani bahsli hududga minalar örnatişda aybladi, natijada uç nafar askar yaralangan. Kambodja bu ayblovlarni rad etib, tailandlik askarlar kelişilgan yönalişlardan çetga çiqqanini ma’lum qilgan.











