Rossiya prezidenti Vladimir Putin qonunni imzoladi, unga köra har qanday taşkilot «direktori, ta’sisçisi yoki a’zosi» «ekstremistik» faoliyat uçun (Jinoyat kodeksining 282.1-moddasi – ekstremistik jamiyatni taşkil etiş) sudlanganligi sababli «ekstremistik» deb tan olinişi mumkin. Hujjat rasmiy normativ-huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilindi. Ilgari taşkilotga tegişli maqom faqat sud qarori bilan berilişi mumkin edi.
"Pervyy otdel" huquqşunoslarining tuşuntirişiça, endilikda nafaqat yuridik şaxslarni, balki har qanday uyuşmalarni ham «ekstremistik» deb tan oliş mumkin böladi. Rossiyada bu avval ham sodir bölgan, lekin buning uçun Oliy sudning alohida qarori talab qilingan.
«Endi na sud, na suriştiruv talab qilinmaydi. Agar kamida bir iştirokçi allaqaçon ekstremistik jamiyatni taşkil etganlikda ayblangan bölsa, u a’zo bölgan butun uyuşma reyestrga kiritilişi mumkin», — deydi "Pervyy otdel" huquq himoyaçilari.
Şuningdek, Adliya vazirligi «ekstremistik jamoalar» haqidagi ma’lumotlarni taqiqlangan taşkilotlarning yagona röyxatiga kiritiş huquqini oldi. Advokatlarning tuşuntirişiça, «ekstremistik» moddalar böyiça hukmlar darhol Adliya vazirligiga yuboriladi. «Ya’ni, agar kimdir «ekstremistik» modda böyiça sudlangan bölsa, sud endi hukmni avtomatik tarzda Adliya vazirligiga yuboradi. U yerda reyestrga kiritiladi. Bu jarayonni tezlaştiradi: alohida qarorlar qabul qiliş kerak emas», deb yozadi «Pervyy otdel».











