24 iyul, payşanba kuni Starlink butun dunyo böylab yirik uzilişni boşdan keçirdi, bu taxminan ikki yarim soat davom etdi. Starlink hozirda deyarli qayta tiklandi, dedi Starlink vitse-prezidenti Maykl Nikols X ijtimoiy tarmoğida.
«Taxminan 2,5 soat davom etgan tarmoqdagi uzilişdan söng Starlink deyarli qayta tiklandi. Uziliş sababi asosiy tarmoqning işlaşini qöllab-quvvatlovçi asosiy içki dasturiy ta’minot xizmatlarining işlamay qolişi böldi», deb yozadi Nikols.
Starlink işidagi global uziliş Ukraina Qurolli kuçlari (UQK)ning sun’iy yöldoş aloqalaridan faol foydalanayotgan bölinmalariga ta’sir körsatdi. 24 iyul kuni keçqurun Ukraina Qurolli kuçlari uçuvçisiz tizimlar qöşinlari qömondoni Robert Brovdi Starlink «frontda işlamay qolganini» ma’lum qildi. Bir neça soatdan keyin u barça yönalişlarda aloqa tiklanganini aytdi.











