Joriy yilning birinçi yarmida Germaniyadan deportatsiya qilingan migrantlar soni ötgan yilning şu davriga nisbatan sezilarli darajada oşgan. «2025 yilning yanvaridan iyunigaça 11 807 kişi deportatsiya qilindi», — deya 25 iyul, juma kuni Germaniya Içki işlar vazirligining öta öng «Germaniya uçun muqobil» (GuM) partiyasidan parlament a’zosi Leyf-Erik Xolmning parlament söroviga javobini keltirgan AFP.

2024 yil avgust oyidagi ma’lumotlarga köra, ötgan yilning birinçi olti oyida Germaniyadan 9465 nafar muhojir çiqarib yuborilgan. Xristian-sotsial ittifoq (XSI) vakili Aleksandr Dobrindt boşçiligidagi Içki işlar vazirligining yangi ma’lumotlariga köra, butun 2024 yilda Germaniyadan 20 084 kişi deportatsiya qilingan. Öşa paytda Germaniya içki işlar vaziri lavozimini sotsial-demokrat Nensi Fezer egallagan. May oyida lavozimga kirişgaç, Dobrindt migratsiya siyosatini kuçaytiriş, jumladan, deportatsiyalar sonini oşiriş niyatida ekanligini ma’lum qildi.

GuMdan deputat Xolm AFP agentligiga bergan intervyusida Germaniya hukumatini çegaraga kiritişdan boş tortiş va undan keyin deportatsiya qiliş amaliyotini sezilarli darajada kengaytirişga çaqirdi. Öta öng partiyadan bölgan deputat, şuningdek, «deportatsiya qilinadigan odamlar yaşirinib qoladigan holatlarning oldini oliş uçun deportatsiya markazlarini zudlik bilan taşkil etiş zarurligini» ta’kidladi.

Avvalroq uçinçi mamlakatlarda deportatsiya markazlarini yaratiş ğoyasini Aleksandr Dobrindtning özi ham taklif qilgan edi. 22 iyul kuni Kopenhagenda bölib ötgan Yevropa Ittifoqi içki işlar vazirlarining norasmiy uçraşuvi çoğida u bu yondaşuvni «innovatsion» va «mutlaqo zarur» deb atadi.