Ukraina poytaxtida avvalroq Oliy Rada tomonidan qabul qilingan Korrupsiyaga qarşi kuraş milliy byurosi (NABU) va ixtisoslaştirilgan antikorrupsiya prokuraturasi (SAP) mustaqilligini sezilarli darajada çeklovçi qonunga qarşi namoyişlar törtinçi kun ketma-ket davom etmoqda. 25 iyul, juma kuni Kiyev markazidagi Ivan Franko teatri oldiga mingga yaqin odam yiğildi, deb xabar beradi DW muxbiri.
Namoyişçilar, xususan, «Uyat!», «Korrupsiya öldiradi!», «Ukrainaga şon-şaraflar bölsin!», «Rossiyaparast deputatlar ketsin!» degan şiorlarni aytdi. Namoyişçilar, şuningdek, frontda halok bölgan ukrainalik askarlar xotirasi uçun bir daqiqalik sukut saqladi va «pul pora uçun emas, frontga yuborilişini» talab qildi.
Norozilik namoyişlari mamlakatning boşqa şaharlarida, xususan, Odessa, Lviv, Jitomir, Lutsk, Dniproda ham bölib ötdi.
Faollar 30 iyul kuni Oliy Radada Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça ikkita agentlik mustaqilligini tiklaş haqidagi qonun loyihasi böyiça ovoz berişdan bir kun oldin eng yirik namoyiş ötkazişga çaqirmoqda.












