Toşkent viloyati bojxona boşqarmasining Şaxsiy xavfsizlik va Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda “Navoiy” çegara bojxona posti orqali mobil uyali aloqa vositalarini noqonuniy tarzda olib kirişga uringan 4 nafar şaxs töxtatib qolindi.
Tadbir davomida qöşni davlatdan piyoda holda kirib kelgan fuqarolar belgilangan tartibda bojxona körigidan ötkazilganida ularning bel qismi va qöl yuklari orasiga jami 180 dona iPhone rusumli uyali aloqa vositalari xufiyona tarzda berkitilgani ma’lum böldi.

Aşyoviy dalil sifatida olingan mazkur telefonlarning umumiy qiymati, dastlabki hisob-kitoblarga köra, 1 mlrd 80 mln sömni taşkil etmoqda.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.











