BMTning 28-29 iyul kunlari ötkaziladigan tadbirida arab davlatlari “ilk bor HAMASni qoralab çiqişadi hamda undan qurolsizlanişni talab qilişadi”. Bu haqda Reyter agentligi Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Noel Barroga tayanib xabar qildi.  

Fransiya diplomatiyasi rahbarining sözlariga köra, bu qadam Yevropadagi köproq mamlakatlarni Falastin davlatçiligini tan olişga undaşga qaratilgan. Uning aytişiça, Nyu-Yorkda bölib ötadigan tadbirda Yevropaning ayrim mamlakatlari Falastin davlatini tan oliş niyatlarini tasdiqlaşadi. 

Vazirning qöşimça qilişiça, Yevropa komissiyasi yaqin haftalarda Isroilga nisbatan “yanada keskinroq pozitsiyani egallaydi: Iudeya-Samariyada har qanday yangi aholi maskanlari qurilişini töxtatiş hamda insonparvarlik yordami taqsimlanişi ustidan harbiylaşgan nazoratni bas qiliş”ni talab qiladi.

Hozirça Yelisey saroyi Falastinni tan olmadi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning bildirişiça, bu bir yarim oydan söng, BMT Boş assambleyasining 80-sessiyasida sodir böladi.  

Avvalroq Reyter agentligi Makron bir neça hafta davomida Kanada va Buyuk Britaniya yetakçilarini Falastin davlatini birgalikda tan oliş ğoyasi bilan çiqişga köndirişga uringanini yozgandi. Qayd etilişiça, Ottava va London AQŞ prezidenti Donald Trampning keskin munosabat bildirişidan çöçib, uning bu taşabbusiga rad javobini bergan.