Qöşma Ştatlar sun’iy intellekt (SI) sohasida yetakçilik qilmoqda, Xitoy ikkinçi, Buyuk Britaniya uçinçi örinda bormoqda. Bu haqda Xitoy ilmiy-texnologik axborot instituti hamda Pekin universiteti tomonidan tayyorlangan sun’iy intellekt sohasidagi innovatsiyalar global indeksida ma’lum qilindi.
Hisobot Şanxayda ötkazilgan Sun’iy intellekt böyiça jahon anjumanida taqdim etildi. Mualliflar 46 mamlakatni 5ta yönalişda 39ta körsatkiç böyiça örganib çiqişgan hamda uç darajali tizim böyiça baholaşgan.
Hisobotga köra, AQŞ va Xitoy sun’iy intellekt sohasida boşqa mamlakatlarni katta farq bilan ortda qoldirmoqda. SI uçun çiplar işlab çiqaruvçi kompaniyalar, yuqori malakali mutaxassislar hamda yirik SI-modellarining aksariyati uşbu davlatlarga töğri keladi.
Yuz ballik tizimda AQŞ 77,97, Xitoy 58,01, Buyuk Britaniya 36,60 ball bilan baholandi. Şuningdek, Yaponiya (33,77), Koreya Respublikasi (33,48), Germaniya (32,22), Singapur (31,57), Fransiya (30,98), Kanada (29,79) va Hindiston (29,41) yuqori öntalikdan joy egalladi.










