Uning sözlariga köra, Rossiya bilan muloqotlar «heç qanday natija olib kelmayotganidan» Trampning hafsalasi pir bölgan. 

«Uning [AQŞ prezidentining] sabri tugamoqda va Rossiya tomoni bu uruşni tugatiş uçun biror-bir çora körişini uzoq kutmoqçi emas», — dedi Rubio.

Amerika yetakçisi iyul örtalarida «Rossiyadan juda norozi» ekanini aytgan va agarda Ukrainadagi uruşni töxtatiş borasida kelişuvga erişilmaydigan bölsa, «100 foizlik» ikkilamçi bojlar kiritiş bilan tahdid qilgandi. U buning uçun 50 kun muhlat bergan. Şu bilan birga, Tramp heç kimning tarafida emasligini ta’kidlagandi. 

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Oq uyning bu iddaosiga javoban, Trampning bayonoti «ança keskin uslubga ega» ekanini aytgandi. Peskovning sözlariga köra, Rossiya Qöşma Ştatlar bilan muloqotni davom ettiriş niyatida hamda Vaşington nizoni hal qiliş yölidagi harakatlarini davom ettirişiga umid qilmoqda. Kreml Trampning bojlar haqidagi gapini «juda jiddiy» deb atadi va buni tahlil qilişga va’da berdi.