Ukrainada siyosiy inqiroz yuzaga keldi. 22 iyul kuni Volodimir Zelenskiy Milliy aksilkorrupsiya byurosi (NABU) hamda Korrupsiyaga qarşi ixtisoslaştirilgan prokuraturani (SAP) mustaqillikdan mahrum etdi. Endi ular Ukraina prezidenti tayinlaydigan boş prokurorga böysunişi kerak. Zelenskiyning qarori mamlakatda 2022 yil fevralidan beri birinçi ommaviy noroziliklarga – Ğarbda esa juda jiddiy e’tirozlarga sabab böldi. Oradan ikki kun ötib, Zelenskiy ortga çekindi va korrupsiyaga qarşi kuraş idoralariga mustaqillikni qaytarişga va’da berdi. Meduza Ukraina prezidenti ofisidagilar sodir bölayotgan voqealarga qanday munosabatda ekani, şuningdek, sotsiolog Vladimir Paniotto va ismini oşkor qilişni istamagan ukrainalik jurnalist inqiroz sabablari va uni hal qiliş variantlari haqida nimalarni öylayotganini keltiradi.

«Agar ular qonunni qaytarib olmasa, prezident bu avlodni boy beradi»

Köp yillardan beri mamlakat içki siyosatini yoritib kelayotgan va norozilik namoyişlarida qatnaşgan ukrainalik jurnalist

Bu Volodimir Zelenskiy kadensiyasi (boşqaruv davri) boşlanganidan beri eng ommaviy norozilik namoyişlaridir. Men bunaqasini eslolmayman. Aksiyalar Ukrainaning barça yirik şaharlarida: Kiyev, Çernihiv, Xarkiv, Dnipro, Lviv, Ujgorodda bölib ötdi... Çorşanba kuni har bir oblast markazida miting uyuştirildi. Aynan NABU va SAP turtki bölgani mutlaqo tabiiy. Ba’zi sörovlar Ukrainadagi korrupsiyani uruşdan ham kattaroq muammo deb hisoblaşlarini körsatmoqda. Öylaymanki, hokimiyat bu [korrupsiya] masala qançalik dolzarb ekanini yetarliça baholamagan.

Şu bilan birga, sörovlar boşqa barça huquqni muhofaza qiliş organlariga bölgani kabi NABU va SAPga ham işonçsizlikni körsatmoqda. Ukrainaliklarning 62 foizi NABUga işonmaydi. Zelenskiyning idorasidagilar korrupsiyaga qarşi organlarni nazorat qiliş töğrisidagi qonunni qabul qilar ekan, [ularga] bunday işonçsizlik holatida, ular uçun heç kim [köçaga çiqmaydi] deb öylagan bölişi ham mumkin.

Umuman olganda, hozir hokimiyat vakillari va qonun uçun ovoz bergan deputatlar aynan şu dalildan foydalanmoqda. Aytişlariça, ular NABU yaxşiroq bölişi uçun hamma narsani qilişgan, çunki hozirgi holatida unga fuqarolar işonişmaydi. Ammo ukrainaliklar korrupsiya muammosi hal etilmayotganini juda yaxşi his qilişmoqda – va bu qonunning qabul qilinişi namoyişlarga turtki böldi.

Volodimir Zelenskiy qonunni qabul qiliş zarurligini tuşuntirarkan, korrupsiyaga qarşi tuzilmalarda Rossiya ta’siri mavjudligiga işora qildi. Soğlom fikrlaydigan odamlarning heç biri har qanday tuzilmada rus agentlari bölişi mumkinligini istisno qilmaydi – va NABU ham avliyo emas. Ammo nima uçun prezident öz atrofidagilardan yoki heç bölmaganda OPZJ («Muxolifat platformasi – Hayot uçun» partiyasi)ning hozir ham Rossiyaga qatnab turadigan qoldiqlari işlayotgan Oliy Radadan boşlamasligi kerak? Balki xoinlarni avval öşa yerdan, keyin NABUdan qidiriş kerakdir?