Fuqarolik kodeksining 191-moddasiga muvofiq egasi bölmagan yoki egasi noma’lum bölgan aşyo egasiz aşyo hisoblanadi.
Egasiz köçmas aşyo hisobga olinganidan keyin bir yil muddat ötgaç, davlat mol-mulkini boşqarişga vakolati bölgan organ yoki fuqarolarning özini özi boşqariş organi bu aşyoni davlat mulkiga yoki fuqarolarning özini-özi boşqariş organi mulkiga kirgan deb hisoblaş töğrisidagi talab bilan sudga murojaat etişi mumkin.
Prezidentning «2025 yil uçun xususiylaştiriş dasturi töğrisida»gi farmoni bilan Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga 2025 yil 1 oktyabrdan boşlab egasiz köçmas mulk obektlarini davlat mulki obekti sifatida davlat röyxatiga oliş böyiça sudlarga da’vo arizalarni kiritiş huquqi berilgan.
Belgilanişiça, egasiz köçmas mol-mulklarni (uy-joy fondidan taşqari) aniqlaş, egasiz köçmas mulk obektlarini davlat mulki obekti sifatida davlat röyxatiga oliş böyiça sudlarga da’vo arizalarni kiritiş hamda davlat tasarrufiga ötkazilgan obektlaridan samarali foydalaniş vazifalari – Davlat aktivlari agentligi huzuridagi Davlat mulki obektlaridan samarali foydalaniş markazi tomonidan amalga oşiriladi.
Quyidagilarni nazarda tutuvçi egasiz köçmas mol-mulklarni aniqlaş, ularni hisobga oliş va davlat mulkiga ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanadi:
egasiz köçmas mol-mulklarni aniqlaş, ularni hisobga oliş va davlat mulkiga ötkaziş tartibini belgilaş;
Davlat aktivlarini boşqariş agentligi organlariga köçmas mol-mulklarni egasiz köçmas mol-mulk deb e’tirof etişi va davlat mulkiga ötkaziş töğrisidagi talab bilan sudga murojaat qiliş huquqini beriş.
Raqamli texnologiyalar vazirligi Davlat aktivlari agentligi bilan birgalikda:
egasiz bino va inşootlarni aniqlaş hamda hisobini yuritiş böyiça maxsus elektron axborot tizimini işlab çiqadi;
mazkur qarorda nazarda tutilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş uçun uşbu axborot tizimini boşqa axborot tizimlari bilan «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integratsiyalaşuv platformasi orqali integratsiya qilinişini ta’minlaydi.











