Hodisa yakşanba kuni keçqurun Zigmaringen-Ulm yönalişida harakatlangan poyezd bilan röy bergan.
Mahalliy qutqaruv xizmati boşliği Şarlotta Tsiller tunda matbuot vakillariga halokat joyidagi qutqaruv işlari yakunlangani haqida ma’lumot bergan.
«Bizdagi ma’lumotlarga köra, vagonlarda odamlar qolmadi va barçaga tibbiy yordam körsatildi», — degan Tsiller xonim.
Halokatdan oldinroq mazkur hududda böron bölib ötgandi va şu vaqtda yöldagi kötarma buzilgani, şuning uçun poyezd izdan çiqib ketgani taxmin qilinmoqda.
Ammo rasmiy ma’lumotlarda halokat sabablari haqida gap yöq.
«Tun böyi işlaymiz, tergov boşladik. Hozir voqea joyida aşyoviy dalillar töplanadi, bu, katta ehtimol bilan, ertangi kungaça yoki undan köproq vaqtni oladi», - deya politsiya matbuot kotibi Ulm Sven Frankenning sözlarini keltiradi Reuters.
DPA agentligi ma’lumotiga köra, poyezdda jami 100 nafar atrofida odam bölgan.
Germaniya kansleri Fridrix Mers X ijtimoiy tarmoğida halok bölganlarning yaqinlariga «çuqur hamdardlik» bildirgan.
Şuningdek, u içki işlar va transport vazirlari bilan boğlanib, tezkor xizmatlarga barça zarur yordamni körsatişni söraganini yozgan.
Voqea joyidan olingan suratlarda yonboşlab qolgan vagonlar va köplab qutqaruvçilar, qulagan daraxtlarni köriş mumkin.


















