AQŞ prezidenti Donald Tramp Qatar tomonidan unga Air Force One prezidentlik borti sifatida hadya qilingan Boeing 747-8 samolyotini ta’mirlaş qiymati haqidagi ma’lumotni yaşirdi. 27 iyul, yakşanba kuni The New York Times gazetasi noma’lum manbalar va AQŞ Kongressi Budjet boşqarmasi xulosalariga tayanib yozişiça, Tramp öz şaxsiy samolyotini ta’mirlaş xarajatlarini Pentagonning AQŞ yadroviy arsenalini yangilaş xarajatlariga qöşdi.
Gazetaning yozişiça, Tramp samolyotni Qatar qirollik oilasidan sovğa sifatida qabul qilganidan biroz vaqt ötgaç, Pentagon maxfiy Sentinel loyihasi doirasida AQŞ budjetidan 934 million dollar söragan. Rasmiy ravişda, loyiha xarajatlari AQŞning quruqlikdagi eskirgan yadroviy raketalarini modernizatsiya qiliş bilan boğliq. Ommaviy axborot vositalari uşbu xarajatni mamlakat budjetidagi eng maxfiylaştirilganlardan biri deb atadi.
AQŞ Kongressining Budjet byurosi Pentagonga ötkazilgan 934 million dollar «deyarli şubhasiz» mamlakat yadro arsenalini modernizatsiya qiliş uçun emas, balki Trampning prezidentlik samolyotini qayta jihozlaş uçun işlatiladi deb hisoblaydi, deya yozgan NYT. Uşbu tranşdan tuşgan mablağning bir qismi Qatarning Boeing 747-8 samolyotini ta’mirlaşga sarflangani haqidagi ma’lumot AQŞ harbiy-havo kuçlarining nomi oşkor etilmagan vakillarining jurnalistlar bilan suhbatida tasdiqlandi.
Mutaxassislarning fikriça, AQŞ prezidenti öziga berilgan samolyotdan yaqin orada foydalana olmaydi. Siyosatçi ehtiyojlarini qondiriş uçun samolyotni qayta jihozlaş va modernizatsiya qiliş ikki yilgaça davom etadi. Şu bilan birga, AQŞda işlab çiqarilgan yangi Boeing 747-8'ning narxi taxminan 400 million dollarni taşkil qiladi.











