Ukrainadagi uruş taqdiri diplomatik muzokaralar orqali hal etiladimi yoki frontdagi janglar hal qiluvçi rol öynaydimi? Tramp, Zelenskiy va Putin örtasidagi ehtimoliy uçraşuv haqida turli bayonotlar berilmoqda. Lekin uçraşuv bölgan taqdirda ham, u qançalik samarali böladi? “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilçilar şu haqda söz yuritdi.

— Tramp, Zelenskiy va Putin örtasida bölişi kutilayotgan uçraşuv natija bermasligi ham mumkinmi, agar şunday bölsa, hammasi frontda hal qilinadimi?

Zokir Usmonov: Ehtimoliy uçraşuvdagi natijalar mamlakatlar qölidagi muhim ta’sir qiliş vositalariga, “kozir”larga boğliq böladi. Yaqin oylarda mana şunday uçraşuv amalga oşişi ehtimoli yuqori, deb öylayman. Lekin Rossiyadagi tizimni hisobga oliş kerak. Çunki uruşdan çiqiş Rossiyadagi hokimiyat uçun halokatli yakunlanişi ham mumkin. Ular uruşga çuqur kirib ketişdi, qaytib çiqişi imkonsiz.

Agar şunday bölmaganida, Moskva allaqaçon muzokaraga jiddiy kirişgan bölardi. Oliy darajada muzokara bölgan taqdirda ham, Rossiya baribir uruşni töxtatmaydi. Şaxsiy fikrim şuki, hammasi jang maydonida hal böladi. Rossiyadagi tizim inersiya bilan ketaveradi.

Avvalo, uruşni töxtatiş istagi bölgan mamlakat uruş boşlamasdi. Masalan, Hitler ham Ikkinçi jahon uruşida özining ölimigaça, ittifoqçilar armiyasi Germaniya hududiga bostirib kirganda ham töxtamagan.

Şerzod Ziyoyev: Donald Tramp AQŞ taşqi siyosatida özgarişlar qilayotgani uruşni töxtatiş yölida yeçimga olib keladi, deb öylayman. Biroq AQŞ masalalarga köproq geoiqtisodiy jihatdan yondaşyapti. AQŞ va Yevropa örtasida Ukraina masalasidagi pozitsiyaning çigallaşgani Rossiyaga uruşni davom ettirişga yordam berdi.

Yuqori darajada uçraşuvlar bölişi ehtimoli yuqori, lekin Putin va Zelenskiy uçraşuvi qiyinroq masala. Dastlab Putin bilan Tramp jonli uçraşuv ötkazişi mumkin.

Şuhrat Rasul: 24 iyul kuni Turkiya taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan bunday uçraşuv ehtimoli reallikka aylanyapti, deb bayonot berdi. Lekin 25 iyul kuni Putinning matbuot kotibi Peskov Ukraina va Rossiya liderlari uçraşuvi haqida gapirişimizga hali erta deb aytyapti. Demak, bu yerda tomonlar öz maqsadlari yölida har xil bayonotlar beryapti deyişimiz mumkin.

Mening fikrimça, bunday uçraşuvning aynan avgust oxiri yoki sentabrida böliş ehtimoli juda past. Sababi tomonlarning pozitsiyasi bir-biriga diametral qarama-qarşi. Moskva va Kiyev ikkinçi raund uçraşuvlarida özlarining memorandumlarini almaşgan edi. Tomonlar uruşni aynan şu memorandumda yozilgandek şartlar bilan yakunlaşni xohlaşini bildirgan. Rossiyaning asosiy pozitsiyasi – özi hali nazorat qilmayotgan, lekin 2022 yil oktyabr oyida konstitutsiyasiga kiritib qöygan hududlarni “Ukraina bizga topşirsin” deyapti. Undan taşqari, yana köp narsalarni sörayapti.