Moskvaning Meşçanskiy sudi siyosatşunos Yekaterina Şulmanni «çet el agenti» sifatidagi majburiyatlarini bajarişdan böyin tovlagani böyiça jinoiy iş böyiça sirtdan hibsga oldi, deb xabar qildi Moskva umumiy yurisdiksiya sudlari matbuot xizmati. Hibsga oliş muddati Şulman Rossiyada qölga olingan paytdan boşlab ikki oyni taşkil etadi va Rossiya davlat çegarasini kesib ötgan paytdan boşlab hisoblanadi. Yekaterina Şulman hozirda Rossiya Federatsiyasidan taşqarida.
Avvalroq Rossiya adliya organlari Yekaterina Şulmanning «çet el agenti» vazifasini bajarmaganligi böyiça jinoiy javobgarlikka tortilgani haqida oçiq xabar bermagan edi. Mart oyida Rossiya Içki işlar vazirligi ma’lumotlar bazasida Şulman böyiça qidiruv kartoçkasi paydo böldi, biroq u bir kundan keyin öçirib taşlangan.
Yekaterina Şulman Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi boşlanganidan keyin Rossiyani tark etdi. Siyosatşunos 2022 yil aprel oyida Robert Boş fondi stipendiati sifatida Germaniyaga jönab ketdi. Öşa oyda Adliya vazirligi uni «çet el agenti» deb tan oldi. 2022 yil may oyida Germaniyaning Die Zeit gazetasiga bergan intervyusida Şulman Adliya vazirligining qarori uning Moskvaga qaytiş imkoniyatini «samarali ravişda istisno qilişini» aytdi, çunki «çet el agenti» maqomi unga öqituvçilik faoliyati bilan şuğullanişga imkon bermaydi.
Rossiyada Yekaterina Şulman Moskva ijtimoiy-iqtisodiy fanlar oliy maktabi va Rossiya prezidenti huzuridagi Xalq xöjaligi va davlat boşqaruvi akademiyasining Ijtimoiy fanlar institutida dars bergan. Uzoq vaqt davomida u Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari kengaşining a’zosi ham bölgan.











