2024 yil oktyabrda töliq foydalanişga topşirilgan Toşkent xalqaro aeroporti qarşisidagi yöl ötkazgiçni rekonstruksiya qiliş loyihasining umumiy qiymati 511 mlrd sömni taşkil etgan. Bu haqda “Özbekiston bunyodkori” gazetasining 25 iyul kungi sonida ma’lum qilindi.

Qayd etiş lozim, 2023 yil sentabr oyidagi taqdimotda loyiha qiymati 463 mlrd söm ekani aytilgandi.

Rekonstruksiya davomida avvalgi köprikka yondoş yana bir estakada qurildi, 4 ta tuşiş yöli va 2 ta klever qöşildi. Natijada yöl ötkazgiç soatiga 5 mingta, sutkasiga 132 mingta avtomobilni ötkaziş quvvatiga ega bölgan. Şuningdek, yangiça xavfsizlik tösiqlari ham örnatilgan.

“Yöl ötkazgiçga örnatilgan tösiqlarni qöllaşdan maqsad – transport hodisalari yuz berganda, transportga kamroq şikast yetişi va içidagi yölovçilarga tan jarohati yetmasaligi nazarda tutilgan. Bular ham yangi texnologiya bölib, 360 gradusga aylanib işlaydigan texnologiya hisoblanadi. U ham mamlakatimizda birinçi marta qöllanilgan”, – degan “Köprikquriliş” AJ loyiha rahbari Bobur Elmurodov

Ötkazgiçning umumiy uzunligi 693,5 metr, eni esa 62 metrni taşkil qiladi. Loyiha doirasida piyodalar va velosiped yölaklari hamda suğoriş tizimlari qurilgan.

“Biz yöl ötkazgiçni qurişda xalqaro standartlar asosida zamonaviy texnologiyalardan foydalandik. Bu borada Rossiya institutlari bilan hamkorlikda iş olib borildi. Inşoot yiğma monolit uslubida qurilgan bölib, sifati va mustahkamligi yuqori bölgani uçun uzoq muddat xizmat qiladi”, – degan Loyiha maslahatçilari guruhi rahbari Yuriy Ipatov.

Qayd etilişiça, inşootni texnik nazorat qiliş raqamlaştirilgan bölib, bu tizim bilan yöl ötkazgiç tun-u kun nazoratda böladi va texnik tahlil olib boriladi.

Rekonstruksiyadan keyin köprikni prezident Şavkat Mirziyoyev 2024 yil 25 oktyabr kuni masofadan oçib bergan edi.

Bobur köçasi böylab ötgan uşbu yöl ötkazgiç 1967 yilda qurilgan bölib, bundan avval 2008 yilda rekonstruksiya qilingan edi.