AQŞ prezidenti Donald Tramp Vladimir Putinga Ukrainada öt oçişni töxtatiş uçun bergan 50 kunlik muddatini qisqartirayotganini aytdi. Bu haqda u Buyuk Britaniyaga taşrifi çoğida mamlakat boş vaziri Kir Starmer bilan uçraşuvda aytib ötdi.
«Prezident Putindan xafsalam pir böldi, undan juda xafsalam pir böldi. Men unga bergan 50 kunimni kamroq muddatga qisqartirmoqçiman, çunki nima bölişini allaqaçon bilaman, deb öylayman», – dedi Tramp. U aynan nimani bilişini aytayotganini oçiqlamagan.
AQŞ prezidenti Putin bilan bir neça bor telefon orqali gaplaşgani, biroq bu suhbatlardan keyinoq RF qöşinlari Ukraina şaharlarini öqqa tutişda va «köplab odamlarni öldiriş»da davom etganini ta’kidladi. «Biz buni hal qilişimiz kerak böladi», – dedi Tramp.
Bu bayonotidan taxminan bir soat ötganida Tramp yangi ultimatum muddatiga oydinlik kiritdi. «Bugundan hisoblanganda 10 yoki 12 kun muddatga yangi dedlayn belgilamoqçiman», – degan u.
Rossiya bozori Trampning sözlariga salbiy reaksiya körsatdi. Moskva birjasi indeksi AQŞ prezidentining ilk bayonotidan keyin yarim soatdan kamroq vaqt içida 1,5 foizga pasaygandi (2777 punktdan 2737 punktgaça). Keyinroq indeks yana ösişni boşlagandi, ammo Trampning yangi dedlayn muddatiga aniqlik kiritişi ortidan yanada pastga quladi – 2730 punktlik nuqtagaça.
Rossiyada uruşni yakunlaş uçun 50 kun borligi haqida Tramp 14 iyul kuni e’lon qilgandi – şu bilan bir vaqtda u Ukrainaga yangi qurollar yetkazib berilişiga ham va’da bergan. U nima uçun şunday muddat örnatganiga izoh bermagan.
Tramp Moskva öt oçişni töxtatişdan boş tortadigan taqdirda Rossiyadan energetika resurslarini xarid qiladigan barça mamlakatlarga AQŞ bilan savdoda 100 foizlik bojlar joriy etilişini aytgan. Bunday çeklovlar ta’siriga tuşişi mumkin bölgan mamlakatlar qatorida Xitoy va Hindiston ham bor.
RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva Trampning bayonotlariga «juda jiddiy» qaraşi hamda ularni «tahlil qilişi»ni bildirgandi. Peskov «agar lozim deb topsa» Putinning özi Trampning ultimatumiga şaxsan munosabat bildirişi mumkinligini aytgandi. Lekin ötgan vaqt mobaynida u buni «lozim deb topmadi».











