Nizom sertifikatlashtirishni o‘tkazish, talabgorni avtorizatsiyadan o‘tkazish, xorijiy ekologik markirovkalash tizimlarini tan olish va ekologik markirovka belgisini qo‘llashni o‘z ichiga oladi.
Ariza beruvchi ekologik markirovkalash organiga belgilangan shakllardagi mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Ekologik markirovkalash organi tomonidan sertifikatlashtirish bo‘yicha ariza kelib tushgan kundan e’tiboran 5 ish kuni mobaynida unda ko‘rsatilgan ma’lumotlar ko‘rib chiqiladi.
Sertifikatlashtirishni o‘tkazish 3 oydan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ekspertlar guruhi tomonidan sertifikatlashtirish jarayoni natijalari bo‘yicha xulosa rasmiylashtiriladi.
Sertifikatlashtirish natijalaridan norozi bo‘lganlar 1 oy ichida apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.






