Namangan viloyati Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspeksiyasi boş mutaxassisi qölga olindi.

U sud tizimidagi tanişlari orqali joriy yilning yanvar oyida 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan mahkumning işini sudda qayta körib çiqiş va ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazoni tayinlaş evaziga 30 ming AQŞ dollari talab qilgan.

DXXning Namangan viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IJQK departamenti xodimlarini jalb qilgan holda ötkazilgan tezkor tadbirda boş mutaxassis oldindan 10 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlandi. 

Mazkur mutaxassis firibgarlik bilan boğliq jinoyati uçun  muqaddam bir neça marotaba sudlangan. 

Namangan viloyatida ötkazilgan yana bir tezkor tadbirda, mol-mulklarni baholaş faoliyati bilan şuğullanuvçi MÇJ rahbari soliq organlaridagi mansabdor tanişlari orqali tadbirkorga tegişli bölgan MÇJning 783 mln sömlik  soliq qarzdorligini 141 mln sömgaça kamaytirib beriş evaziga 4400 AQŞ dollari olgan vaqtida jinoyat ustida qölga olindi.

Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mansabdor tanişi hisoblangan Namangan viloyati soliq boşqarmasi şu’ba boşliği ham 4400 AQŞ dollarini pora sifatida olgan vaqtida uşlandi.

Poytaxtda qayd etilgan holatda, Mirobod tuman hokimligi Ijtimoiy moslaştiriş markazi rahbari öz xizmat mavqeyidan foydalanib, fuqaroligi bölmagan şaxsga fuqarolik pasportini rasmiylaştiriş hamda doimiy röyxatga qöydirib beriş evaziga 1200 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.

Qaşqadaryo viloyatida kuzatilgan qonunbuziliş holatida, Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qarşi şahar bölimi davlat ijroçisi öz iş yurituvida bölgan, javobgar fuqaroning qariyb 70 mln sömlik qarzdorligini undiriş uçun uning avtotransport vositasiga qöyilgan taqiqni yeçib beriş evaziga 1000 AQŞ dollari talab qilgan. 

Ötkazilgan tezkor tadbir natijada, davlat ijroçisi talab qilingan pul mablağini Qarşi tumanidagi fermer xöjalik rahbari vositaçiligida pora sifatida olgan vaqtida uşlandi.

Hozirda uşbu şaxslarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.