Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Xususan, O‘zbekiston havo kemalari parkini modernizatsiya qilish va kengaytirish orqali turistik oqimni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Toshkent davlat transport universiteti hamda Airbus kompaniyasi o‘rtasida uchuvchilarni tayyorlashga oid maxsus dastur ishlab chiqilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.










