AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qilişdan ortiq manfaatdor emasligini ma’lum qildi.

«Suhbatlaşiş endi menga unçalik qiziqarli emas. Bizda şunday yoqimli, ehtiromli va yaxşi suhbatlar keçardi. Keyingi tunda esa odamlar şaharlarga uçayotgan raketalardan halok bölardi», – dedi AQŞ prezidenti Şotlandiyada Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer bilan qöşma matbuot anjumanida.

Bu jurnalistlardan birining Putin bilan yuzma-yuz uçraşuv ikki prezident örtasidagi munosabatlarga va Ukrainada sulhga erişişga yordam berişi ehtimoli töğrisidagi savoliga javob böldi.

Tramp Putin bilan avval ham köp marta gaplaşgani, biroq suhbatlardan keyin Rossiya Ukrainaga hujum qilişda davom etganini ta’kidlab ötgan.

Şuningdek, u Rossiya prezidentiga Ukrainadagi mojaroni hal qiliş uçun 50 kun muhlat berib, Putinga nisbatan «juda saxiylik» qilganini aytdi. Agar körsatilgan muddatda bu borada oldinga siljiş bölmasa, Tramp Rossiyaning savdo hamkorlariga nisbatan «juda qattiq tariflar» joriy etiş bilan tahdid qilgandi.

AQŞ prezidenti endi ultimatum muddatini qisqartirişini ma’lum qildi. «Öylaymanki, bu şu bugundan boşlab 10-12 kun böladi», – deya javob qaytardi Tramp jurnalistning 50 kunlik muddatni aynan qançaga qisqartirmoqçiligi töğrisidagi aniqlaştiruvçi savoliga javoban.

Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak Trampga «qat’iy pozitsiya va kuç orqali tinçlikka aniq signali» uçun minnatdorçilik bildirdi.

«Putin faqat kuçni hurmat qiladi – va bu katta ovozdagi hamda aniq signal böldi», – deya yozgan Yermak X ijtimoiy tarmoğida.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytişiça, Kreml AQŞ prezidenti Donald Trampning Ukrainada sulhga erişiş uçun Moskvaga ajratilgan muddatni 50 kundan 10-12 kunga qisqartirişi haqidagi bayonotini ma’lumot uçun qabul qilgan.

«Biz prezident Trampning keçagi bayonotlarini inobatga oldik. Maxsus harbiy amaliyot davom etmoqda va biz Ukraina atrofidagi mojaroni hal qiliş va bu jarayonda manfaatlarimizni ta’minlaş uçun tinçlik jarayoniga sodiqligimizni saqlab qolamiz», – deya Peskovning sözlarini keltiradi «Interfaks».

Trampning Putin bilan telefon orqali muloqot qilişdan ortiq manfaatdor emasligi haqidagi sözlariga izoh beriş söroviga javoban Peskov şunday dedi: «Men qandaydir baholardan qoçişni istardim. Yana bir bor takrorlayman, biz prezident Trampning bayonotini ma’lumot uçun qabul qildik».