Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiçning aytişiça, uning vatandoşi, rejissyor va musiqaçi Emir Kusturitsa Serbiya muxolifati vakillari bilan birgalikda uni davlat rahbari lavozimidan ağdarişga urinmoqda. «Bu bema’nilik nimaga olib kelganiga qarang — ularning barçasi birgalikda: Dinko Gruxoniç (Novi Sad universiteti öqituvçisi), Kusturitsa, Çanak (muxolif siyosatçi Nenad Çanak) va Lompar (Belgrad universiteti öqituvçisi Milo Lompar). Ularning maqsadli farqi yöq, bunda umumiy nişon bor - Vuçiç, uni ağdariş kerak va bu ularning dasturi, boşqa dastur yöq», — deya Serbiya prezidentidan iqtibos keltiradi Rossiyaning «RIA Novosti» agentligi.
Uning sözlariga köra, barça siyosiy raqiblari heç qanday dasturga ega emas va Serbiyaga nima kerakligini va uning xalqi nimani xohlaşini tuşunmaydi, deb yozadi agentlik.
Qayd etilişiça, Emir Kusturitsa avval ham Serbiyadagi ommaviy norozilik namoyişlarida qatnaşgan va hozirda mamlakat konstitutsiyasini buzganlikda ayblanayotgan «Belgrad va Ujitsadagi siyosiy mahbuslar»ning ozod etilişini qöllab-quvvatlagan. Bundan taşqari, rejissyor 23 iyul kuni soliq xizmati tomonidan özining "Drvengrad" sayyohlik majmuasida joylaşgan "Viskonti" restoranini yopib qöygani uçun Vuçiç va boş vazirning birinçi örinbosari Sinişa Mali boşçiligidagi rasmiylarga kinoya bilan «minnatdorçilik» bildirdi.
Rejissyor Emir Kusturitsa Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzkor uruşini oçiq qöllab-quvvatladi, u boşlanganidan söng Kreml tarğiboti formatida bir qança asarlarni naşr etdi va 70 yoşga tölişi munosabati bilan şaxsan Rossiya prezidenti Vladimir Putindan tabrik oldi.











