28 iyul, duşanba kuni çop etilgan press-relizga köra, Yevropa Komissiyasi Xitoyning Temu internet-dökonini Yevropa Ittifoqining raqamli xizmat körsatiş töğrisidagi qonunini (DSA, Digital Service Act)ni buzganlikda aybladi. Amaldorlarga köra, marketpleys özidagi noqonuniy mahsulotlar savdosini töxtatiş uçun yetarliça sa’y-harakatlar qilmayapti. «Dalillar şuni körsatdiki, Yevropa Ittifoqidagi iste’molçilar platformada noqonuniy mahsulotlarga duç kelişi xavfi yuqori», deya bildirdi YeK.

DSA'ga muvofiq, Temu «juda katta onlayn platforma» sifatida tasniflanadi. U Yevropa Ittifoqida 94 millionga yaqin kişi tomonidan faol foydalaniladi. Agar kompaniyaga qarşi ayblovlar tasdiqlansa, u global yillik aylanmasining 6 foizi miqdorida katta miqdorda jarimaga tortilişi mumkin.

2024 yil oktyabr oyi oxirida Yevrokomissiya Temu'ga nisbatan jarimaga tortiş tartibi oçilganini e’lon qildi. Boşqa narsalar qatori, rasmiylar marketpleys veb-saytining dizaynini örganişni rejalaştirgan. Uning tanqidçilari fikriça, u xaridorlarni qaram qiliş va ularni rejasiz xaridlarni amalga oşirişga undaş uçun yaratilgan.

Temu Yevropa Ittifoqi rasmiylari bilan hamkorlik qilişga tayyorligini e’lon qildi va öz maqsadini «iste’molçilar uçun xavfsiz va işonçli bozor» deb atadi.