Hujjatga köra, 2025 yil 15 avgustgaça "Yagona milliy ijtimoiy himoya tizimi" axborot tizimi orqali "Saxovat va kömak" jamğarmasi mablağlari hisobidan vauçer asosida yordam körsatiş tizimini joriy etiş rejalaştirilgan. Bunda mazkur tizimni joriy etiş tajriba tariqasida Toşkent şahri va Andijon viloyatining tuman (şahar)larida amalga oşiriladi.
Şuningdek, hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining "Xotin-qizlar muammolarini örganiş va hal etiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qaroriga özgartiriş kiritildi. Unga köra, "Ayollar daftari" jamğarmasidan har bir uyni ta’mirlaş uçun BHMning 50 baravarigaça (amaldagi 30 BHM örniga) mablağ ajratiladi.
Bundan taşqari, "Ayollar daftari" jamğarmasi mablağlari hisobidan kam ta’minlangan oilalarga mansub xotin-qizlarga uy-joy ijarasi tölovining 50 foizi, biroq BHMning 2 baravaridan köp bölmagan miqdorda, Toşkent, Nukus şaharlari va viloyat markazlarida esa BHMning 3 baravarigaça bölgan qismi qoplab beriladi.
Prezidentning "Aholini ijtimoiy himoya qiliş tizimini moliyalaştiriş tartib-taomillarini takomillaştiriş töğrisida"gi farmoniga muvofiq:
"Ijtimoiy daftarlar" jamğarmalari orqali körsatiladigan ijtimoiy yordam Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga beriladi;
uy-joy şaroitlarini yaxşilaş va soğliqni saqlaş böyiça ijtimoiy yordam esa oilaning har bir a’zosiga töğri keladigan eng kam iste’mol xarajatlarining ikki baravaridan oşmaydigan oylik daromadga ega oilalarga ham taqdim etiladi.
Şuningdek, hujjat bilan ayollarning bandligi va ijtimoiy faolligini ta’minlaşga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalaştiriş uçun grantlar pasporti tasdiqlandi. BHMning 60 baravarigaça miqdordagi ijtimoiy yordam "Eng yaxşi ijtimoiy loyihalar" tanlovida ğolib deb topilgan loyihalarni moliyalaştirişga yönaltiriladi.
Loyihalar kamida 3 nafar ayol, yoşlar va aholining boşqa ehtiyojmand qatlamlari vakillarining bandligini ta’minlaşi lozim. Uşbu yordam quyidagilarga taqdim etiladi:
jismoniy şaxslarga - ijtimoiy loyihalarni amalga oşiriş uçun zarur bölgan jihozlar, asbob-uskunalar, xomaşyo va materiallarni sotib oliş, şuningdek, xizmatlar körsatiş uçun;
nodavlat taşkilotlariga - iş örinlari yaratiş, işlab çiqariş (xizmat körsatiş) sohasini kengaytiriş, xomaşyo va materiallar sotib oliş, şuningdek, loyiha doirasida jalb qilinadigan şaxslarning malakasini oşiriş uçun.











