Eksportda eng katta zaxiralardan biri – dukkakli mahsulotlar. Har yili 450 million dollarlik loviya, moş, tariq va nöxat eksport qilinmoqda.
Bu ekinlar paxta bilan bir vaqtda yetilgani, işçi kuçi yetişmagani uçun hosilning 30 foizi isrof bölmoqda. Lekin birorta hokim şu paytgaça yangi ekin yerlarini köpaytiriş u yoqda tursin, tayyor hosilning özidan 150-200 million dollar eksport boy berilayotganini hisob-kitob qilmagani tanqid qilindi.
Butun dunyoda fermerlar dukkakli ekinlarni maxsus kombayn bilan yiğiştiradi. Şu bois Qişloq xöjaligi jamğarmasidan dukkakli ekin ekiş-yiğiş texnikalariga 15 foizgaça subsidiya berilişi, kredit stavkasining 10 foizdan oşgan qismi qoplab berilişi e’lon qilindi.
Mutasaddilarga bir oyda uşbu tizimni yölga qöyiş, yil oxirigaça 200 ta bunday texnikani olib keliş topşirildi.
Özimizda dukkakli mahsulot yetişmagani uçun tadbirkorlar import qilib, qayta işlab, reeksport qilyapti. Lekin eksportçilar respublika içida taşişga ortiqça xarajat qilmoqda. Çunki amaldagi tartibga köra, mahsulot qaysi çegara postidan kirsa, eksport ham öşa yerdan bölişi kerak.
Şu munosabat bilan Bojxona qömitasiga bojxona rejimida qayta işlangan mahsulotni istalgan postdan eksport qiliş tizimini yölga qöyiş topşirildi.











