Yil boşida “meva – hudud – xorijiy davlat” tizimi asosida işlar taşkil qilingan edi. Şunga qaramay, vazirlik va idoralar, hokimlar haligaça eskiça yondaşuv bilan işlayotgani qayd etildi.
Ötgan yili meva-sabzavot eksportining 75 foizi may-oktyabrga, ya’ni jahon bozori mahsulotga töyingan, narxlar arzonlaşgan davrga töğri kelgan. Noyabr-martda esa narx 2-3 barobar qimmat böladi.
Eksportga mas’ullar özi yangilik qilolmasa, tadbirkorlardan örganişi kerakligi körsatib ötildi. Masalan, avval 1 kilogramm olça 30 sentga ham sotilmagan. Ilğor eksportçilar bu yil 9 ming tonna “şok” usulida muzlatilgan olçani 26 million dollarga eksport qilgan. Mahalliy olça yetişmagani uçun import qilib, muzlatib, reeksport qilişni ham boşlagan.
Şuning uçun ham dala çetida eksportbop mahsulotlar, xususan olçani köpaytiriş zarurligi ta’kidlandi.
Joriy yilda 2 ming 600 gektar dala çetiga ekilgan ekinlar suvsizlik sababli qurib qolgan. Jondor, Ohangaron, Ğallaorol, Töraqörğon va Yangibozor tumanlari dala çetida tomçilab suğoriş böyiça yaxşi tajriba qildi. Viloyat hokimlariga uşbu tajriba asosida ekin qurib qolgan 2 ming 600 gektarda tomçilab suğorişni joriy qiliş topşirildi.
Şuningdek, meva-sabzavot zamonaviy qadoqda eksport qilinsa, köproq daromad oliş mumkin. Bu yil hududlarda 16 ta zamonaviy qadoq işlab çiqariş loyihasi işga tuşdi. Bu yönalişdagi işlarni kuçaytiriş, yil yakunigaça yana 15 ta bunday korxonani işga tuşiriş zarurligi qayd etildi.











