Kattaqörğon tumanidan — 1 945 gektar, Nurobod tumanidan 971 gektar yer Kattaqörğon şahri tarkibiga ötkaziladi. Nurobod tumanidan 600 gektar yer Kattaqörğon tumani tarkibiga ötadi.
Kattaqörğon şahri hududi kengaytiriş orqali örta şaharlar toifasidan katta şaharlar toifasiga ötkazilişi, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş hamda aholining ösib borişini inobatga olgan holda aholiga qulay şaroitlar yaratiş, yangi infratuzilma obektlari hamda köp qavatli turar joy komplekslari barpo etiş belgilangan.
Kattaqörğon şahri hududini kengaytirilişi natijasida yangi işlab çiqariş va xizmat körsatiş obektlari taşkil etilib, qöşimça iş örinlari yaratiladi. Xususan, 50 gektar maydonda “Urgut” erkin iqtisodiy sanoat zonasi filiali, şuningdek, 30 gektar maydonda 3 ta kiçik sanoat zonalari taşkil etilişi közda tutilgan.











