Ukraina birinçi marta Bolgariya va Ruminiya orqali Transbolqon koridori orqali Ozarboyjondan gaz import qilmoqda. Bu haqda «Naftogaz Ukrainy» boşqaruvi raisi Sergey Koretskiy Facebookʼda ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, gazni sotib oliş böyiça birinçi kelişuv Ozarboyjonning SOCAR guruhi davlat kompaniyasi – SOCAR Energy Ukraine bilan tuzilgan.
Hozirça gap kiçik hajmdagi sinov xaridlari haqida ketyapti. Şunga qaramay, Koretskiy «uzoq muddatli hamkorlikka yöl oçadigan strategik muhim qadam qöyilganini» ta’kidladi. Uşbu çora ta’minot manbalarini diversifikatsiya qiliş va Ukrainaning energiya xavfsizligini mustahkamlaşga qaratilgan.
«Naftogaz Ukrainy» boşqaruvi rahbari kelişuvga prezident Volodimir Zelenskiy, vazirlar mahkamasi va Energetika vazirligi hissa qöşganini qayd etdi. Ozarboyjon tomoni bilan özaro hamkorlik joriy qiş mavsumi oldidan muhim, deya qöşimça qildi Koretskiy.
«Naftogaz Ukrainy» kompaniyasi avvalroq 2024-25 yilgi isitiş mavsumi Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanganidan beri eng qiyin bölganini ma’lum qilgan edi. Joriy yilning dastlabki uç oyida Rossiya Federatsiyasi kompaniya obektlariga sakkiz marotabadan ortiq raketa va dron hujumlarini amalga oşirdi, bu 100 dan ortiq zarbani taşkil etdi, deya qöşimça qilindi.











