Zeboyi Jahon taxallusi bilan tanilgan Zebiniso Nosirova qotillik qurboni böldi.

Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, qotillik jinoyati 2025 yil 26 iyul kuni sodir qilingan. Öşa kuni soat 14:30 larda Payariq tumani Çelak şahrida yaşovçi R.M. özaro oilaviy kelişmovçilik oqibatida Toyloq tumanida vaqtinça alohida yaşab kelgan turmuş örtoği Zebiniso Nosirovaning oldiga farzandlarini köriş maqsadida borgan.

Er-xotin suhbat davomida özaro janjallaşib qolgan. Şunda erkak ayolni qöli bilan böğib, qasddan öldirgan.

Holat yuzasidan R.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan va u uşlangan. Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari Toyloq tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Zebiniso Nosirova 3 farzandning onasi bölgan.