24 iyul kuni Yevropa Ittifoqi vakillari diplomatik kanallar orqali Yuliya Sviridenko hukumatini Ukrainaga barça moliyaviy yordam ajratişni töxtatayotgani haqida xabardor qildi. Bu haqda Ukrainaning «Ekonomiçeskaya pravda» (EP) naşri hukumat, diplomatik doiralar va Oliy radadagi tört manbaga tayanib xabar berdi. «Yevropeyskaya pravda» (YeP), öz navbatida, ma’lumot unga YeI tuzilmalari tomonidan tasdiqlanganligini xabar qildi. DW Yevropa komissiyasi vakillariga sörov yubordi.

Bunga sabab 22 iyulda 12414-sonli qonun loyihasining qabul qilinişi bölib, u amalda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş milliy byurosi (NABU) va korrupsiyaga qarşi ixtisoslaştirilgan prokuraturani (SAP) Ukraina boş prokurori nazorati ostiga ötkazdi.

«Vaziyat tuzatilgunga qadar hammasi töxtatildi», — deb xabar berdi «Ekonomiçeskaya pravda» manbasi.

EP ma’lumotlariga köra, gap, birinçi navbatda, Ukraina uçun Favqulodda daromadlarni tezlaştiriş kreditlari dasturi  (Extraordinary Revenue Acceleration Loans for Ukraine, ERA)ga YeIning hissasi haqida ketyapti. Uşbu mexanizmga köra, yil oxirigaça Kiyev Yevropa Ittifoqidan 20 milliard AQŞ dollari olişi kerak edi.