Rossiyaning Kiyevga navbatdagi hujumi oqibatida olti kişi halok böldi, 50 dan ortiq kişi yaralandi, deya xabar bermoqda mahalliy rasmiylar. Şaharning Svyatoşinskiy rayonidagi turar joy binosi ham zarba ostida qolgan.

Rossiya tunda Kiyevga raketa va dronlar bilan hujum qildi, deb xabar bergan şahar meri Vitaliy Kliçko. Uning ma’lumotiga köra, hujum oqibatida 48 kişi jarohatlangan.

Qayd etilişiça, poytaxtning Solomenskiy rayonida bir neçta uylardagi kvartiralar şikastlangan, Goloseyevskiy rayonida maktab va bolalar boğçasi binolariga zarar yetgan, Şevçenkovo rayonida esa zarba tölqini tibbiyot muassasalaridan birining bolalar bölimidagi derazalarni sindirgan.

Şahar harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkaçenkoning ma’lum qilişiça, Svyatoşinskiy rayonida tört kişi, Solomenskiyda ikki kişi halok bölgan. Halok bölganlar orasida olti yoşli bola ham bor.

Svyatoşinskiy rayonida töqqiz qavatli turar joy binosiga töğridan töğri zarba berilişi natijasida pod’yezdlardan biri qulab tuşdi, degan Tkaçenko.

Vayronalar ostida odamlar qolgan bölişi mumkin, hozirda qutqaruvçilar voqea joyida qidiruv işlarini olib bormoqda.

«Umuman olganda, Kiyev böyiça hozirda kamida 27 ta nuqtada Rossiyaning qöşma hujumi oqibatlari mavjud. Solomenskiy rayoni, Svyatoşinskiy, Şevçenkovskiy, Goloseyevskiy katta zarar kördi», – dedi Tkaçenko.

Harbiy ma’muriyat rahbarining ma’lumotiga köra, hujum oqibatida jami 52 kişi jabrlangan, şundan töqqiz nafari bolalar. Qariyb 30 kişi şifoxonaga yotqizilgan.

Kiyev politsiyasi jabrlanganlardan uç nafari politsiyaçilar ekanini ma’lum qildi. Politsiya ma’lumotiga köra, soat 08:00 holatiga olti qurbon va 30 yarador haqida ma’lum.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hujum oqibatlari aks etgan videoni e’lon qildi va şunday dedi: «Kiyev. Raketa zarbasi. Töğri turar joy binosiga. Vayronalar ostida qolgan odamlar. Barça xizmatlar voqea joyida işlamoqda. Rus terrorçilari».

Rossiya mudofaa vazirligi Kiyevga tungi hujumga hozirça izoh bermadi.