Mazkur hujjat iş beruvçilar, şu jumladan tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari uçun mehnatni taşkil etişni takomillaştiriş, uning samaradorligini oşiriş va xodimlar uçun qulay şaroitlar yaratiş, şuningdek xodimlarning optimal sonini aniqlaş maqsadida qabul qilingan.

Namunaviy nizom quyidagilarni belgilaydi:

taşkilotlarda mehnat me’yorlari va standartlarini işlab çiqiş hamda joriy etiş tartibi;
yordamçi xodimlarning ayrim toifalari kasblari va lavozimlari böyiça iş haqining namunaviy me’yorlari.

Mehnatni me’yorlaş – bu muayyan işlab çiqariş şaroitlarida ma’lum bir iş yoki topşiriqni bajariş uçun zarur bölgan maksimal vaqtni aniqlaş, şuningdek, mehnat natijalari va iş haqi miqdorlari örtasidagi muvozanatli nisbatlarni örnatiş bölib, u turli toifadagi xodimlar (guruhlar) soni va jihozlar sonining optimal nisbatini aniqlaş imkonini beradi.

Xizmatçilarning asosiy lavozimlari va kasblari tasniflagiçi kasblar va lavozimlarning boşqaruv, işlab çiqariş va yordamçi xodimlar toifalariga tegişliligini aniqlaş uçun qöllanadi.

Yordamçi xizmatçilar toifasiga kiruvçi ştat birliklarini aniqlaşda, avvalo, uşbu toifaga mansub ayrim kasblar va lavozimlar böyiça xodimlar sonining namunaviy me’yorlariga amal qilinadi. Söngra, yordamçi xizmatçilar sonining ma’muriy xizmatçilarga nisbatan mutanosibligini hisoblaş me’yorlari qöllanadi.