Qirğiziston Taşqi işlar vaziri Jyeenbek Kulubayev mamlakatga rasmiy taşrif bilan kelgan özbekistonlik hamkasbi Baxtiyor Saidov bilan uçraşdi. Bu haqda Qirğiziston TIV xabar berdi, deb yozdi 24.kg.
Ta’kidlanişiça, uçraşuvda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Qirğizistonga davlat taşrifiga tayyorgarlik köriş böyiça qöşma harakatlarning bosqiçma-bosqiç rejasida belgilangan aniq çora-tadbirlar belgilandi. Taşrif sanasi xabarda keltirilmagan.
Şuningdek, tomonlar Qirğiziston-Özbekiston ikki tomonlama hamkorligining barça yönalişlarini muhokama qildi, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almaşdi, şuningdek, tegişli «yöl xaritasi»da öz aksini topgan ikki mamlakat davlat va hukumat rahbarlari darajasida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş böyiça aniq çora-tadbirlarni belgilab oldi.
Şuningdek, xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar, jumladan, BMT, MDH, ŞHT, TDT va IHT doirasidagi hamkorlik muhokama qilindi. Uşbu tuzilmalardagi hamkorlik ikki davlat örtasidagi şeriklikning asosiy elementi bölib qolayotgani ta’kidlandi.
Taşqi siyosat idoralari rahbarlari asosiy mintaqaviy va global masalalar böyiça yondaşuvlarni muvofiqlaştirişni davom ettirişga tayyor ekanini tasdiqladi. Kelgusi hamkorlikning istiqbolli yönalişlari belgilab olindi va bölajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi kelişildi.











