Keça, 30 iyul kuni soat 22:15 da A-373 Toşkent-Öş avtomobil yölida yöl-transport hodisasi qayd etildi.
Uşbu yölda harakatlangan ISUZU rusumli yuk avtomobilining tormoz tizimidagi nosozligi tufayli harakatlanib ketayotgan IVECO rusumli yuk avtomobili bilan töqnaşib, yöl transport hodisasi sodir bölgan.
Uşbu holat böyiça amaliy yordam zarurligi töğrisida «Qamçiq» maxsus-qidiruv yonğin-qutqaruv boşqarmasiga xabar kelib tuşgan.
Xabarga asosan, FVV qutqaruv otryadi qutqaruvçilari voqea joyiga yetib borgan hamda maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida yuk avtomobillariga amaliy yordam körsatilib, xavfsiz hududga olib çiqilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yöq.











