Qurolsizlanişni rad qilgan Hizbulloh, Yevropada çiqiş qilgan Matviyenko va AQŞning bojlaridan qörqmayotgan Xitoy – kun dayjesti
|19:09 / 31.07.20254 0639 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Kanada Falastinni tan oladi
30 iyul kuni Kanada boş vaziri Mark Karni mamlakat Birlaşgan Millatlar Taşkilotining sentabr oyidagi yiğilişida Falastin davlatini tan oliş rejasini ma’lum qildi.
Kanada bu bilan Fransiya va Britaniyadan keyin Falastinni tan olişi kutilayotgan G7 ning uçinçi davlati böladi. «Kanada Isroil hukumati Ğazoda falokat yuz berişiga yöl qöygani faktini qoralaydi», dedi Karni.
Karni tan oliş qarori – qisman Falastin davlatini BMTda ifodalaydigan Falastin ma’muriyatining boşqaruvni isloh qilayotgani, 2026 yilda umumiy saylovlar ötkazişga tayyorligi haqidagi kafolatlarga asoslanganini aytdi. Unga köra, bu saylovlarda HAMAS «iştirok etmasligi kerak».
Isroil va uning eng yaqin ittifoqçisi hisoblangan AQŞ Karnining bayonotlariga raddiya berdi.
«Kanada hukumatining hozirgi pozitsiyasini özgartirişi HAMASni mukofotlaş va Ğazoda öt oçişni töxtatiş hamda garovdagilarni ozod qiliş böyiça kelişuvga erişiş yölidagi sa’y-harakatlarga zarar yetkazadi», deyiladi Isroil taşqi işlar vazirligi bayonotida. Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Fransiya va Britaniyaning bayonotlaridan söng şunga öxşaş fikr bildirgandi.
Reutersʼning Oq uy ismi oşkor etilmagan rasmiysiga köra, prezident Donald Tramp ham Falastin davlatini tan olişni «HAMASni mukofotlaş» deb hisoblaşini aytgan.
AQŞ Milliy razvedkasining Yaqin Şarq böyiça sobiq örinbosari Jonatan Panikoff Falastinni tan oliş «Isroilni ikki davlatli yeçimga qaytişga majbur qiliş uçun bosimni oşirişga qaratilgan» dedi. Biroq u Kanada qarori «ramziy bölişdan boşqa narsa emas va Isroil bilan uzoq yillik ittifoqçilik munosabatlarini zaiflaştiriş xavfini tuğdiradi», deya qöşimça qildi.
Falastin davlati 2012 yildan beri BMT Boş Assambleyasining a’zo bölmagan kuzatuvçi davlati hisoblanadi va uni taşkilotning 193 a’zosidan uçdan ikki qismi tan olgan.
Mavzuga oid
Isroilning eng yaqin ittifoqçilari bölgan ayrim davlatlarning uşbu qarorlari Ğazoga oziq-ovqat va boşqa yordamni çeklaş va u yerdagi keskin humanitar inqirozga nisbatan xalqaro ğazab kuçayayotganini aks ettiradi. Global oçarçilik monitoringi Ğazoda eng oğir – oçarçilik ssenariysi yuz berayotganini ogohlantirdi.
Rus amaldori Yevropada uruşni oqlab çiqiş qildi
Rossiya Federatsiya Kengaşi spikeri Valentina Matviyenko boşçiligidagi delegatsiya Şveytsariyaga taşrif buyurib, Butunjahon parlamentlari spikerlari konferensiyasida qatnaşdi. Bu Ukrainadagi uruş boşlanganidan beri Rossiyadan Yevropaga bunday yuqori martabali delegatsiyaning ilk taşrifi böldi.
Lekin, qiziq tomoni Matviyenko 2014 yil bahoridan beri, Qrim anneksiyasi munosabati bilan sanksiyalar röyxatiga kiritilgan. Sanksiyalar xalqaro parlament tadbirlarida iştirok etişni istisno qiladi, şu bilan birga Yevropaga kirişi uçun maxsus ruxsatnoma talab qiladi.
Şveytsariya Taşqi işlar departamenti Matviyenkoga nima uçun mamlakatga kirişga ruxsat berilganiga izoh berarkan, hukumat xalqaro taşkilotlar tadbirlarida iştirok etiş uçun rasmiy delegatlar kirişiga kömaklaşişi kerakligini eslatdi. Rossiya delegatsiyasi samolyotiga Italiya öz osmonidan ötişga ruxsat berdi – Yevropa Ittifoqining boşqa davlatlari tomonidan ruxsat bölmagani tufayli samolyot Moskvadan Turkiya va Örta Yer dengizi orqali Jyenevaga uçgan.
Konferensiyadagi nutqida Matviyenko Rossiya propagandasining uruş haqidagi tezislarini aytib ötdi. U Ukrainani «Donbassning tinç hududlarini öqqa tutiş»da va keng kölamli bosqin boşlanişidan oldin tinç aholini öldirişda aybladi, Rossiya bosqinini esa «majburiy çora» deb atadi. Matviyenko Ğarb davlatlarini «Rossiyaga qarşi ritorika» va axborot uruşi olib borişda aybladi, sanksiyalarni bekor qilişga çaqirdi.
Ukraina Taşqi işlar vazirligi – Matviyenkoning Jyenevaga kirişini «şarmandalik» deb baholadi va uning örni «xalqaro konferensiyalarda emas, balki sudlanuvçilar kursisida» ekanini aytdi.
Kamçatkadagi zilziladan söng yirik vulqon otildi
Klyuçevskaya Sopka vulqonining otilişi Rossiyaning Kamçatka ölkasida 8,8 magnitudali kuçli zilziladan keyin yuz berdi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining «Yagona geofizika xizmati»ning Kamçatka filiali xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, vulqonning ğarbiy yonbağrida qizigan lava oqimi kuzatilmoqda. «Vulqon ustida kuçli yoritiliş, portlaşlar bor», — deyiladi xabarda.
Klyuçevskoy — Kamçatka yarimorolining şarqida joylaşgan Yevrosiyodagi eng baland va faol vulqon hisoblanadi. Uning yoşi taxminan 7000 yil. Balandligi dengiz sathidan 4600 metrdan ortadi.
Bir kun oldin Rossiyaning Uzoq Şarqidagi Kamçatka yarimorolida yuz bergan 8,8 magnitudali kuçli zilzila — yer yuzida qayd etilgan eng kuçli oltita zilzila qatoriga kirdi. Uning 20 km çuqurlikda sodir bölgani natijasida insoniy talafotlar sodir bölmadi. Lekin Tinç okeani qirğoğidagi önlab davlatlarda yirik sunami xavfini keltirib çiqarmoqda.
Xitoy Rossiya neftini sotib olişdan voz keçmadi
Xitoy AQŞ tomonidan keng kölamli bojlar joriy etiş tahdidi e’lon qilinişiga qaramay, Rossiya neftini sotib olişni töxtatişdan boş tortdi. Bu haqda AQŞ moliya vaziri Skott Bessent Stokholmda Xitoy bilan ötkazilgan ikki kunlik savdo muzokaralari yakunlari böyiça ma’lum qildi.
Xitoy rasmiylari Amerika tomoniga «öz energetika suverenitetini himoya qilişini» va neft sotib oliş mamlakat içki siyosatiga asoslanişini aytgan.
Bessent xitoylik hamkasblarini sanksiyalangan Rossiya neftini sotib olişni davom ettiriş katta bojlar joriy etilişiga olib kelişidan ogohlantirgan. Şuningdek u Xitoyning sanksiya ostidagi Eron neftini sotib oliş va Rossiyaga Ukrainaga qarşi uruşni qöllab-quvvatlaş uçun 15 milliard dollardan ortiq ikki maqsadli tovarlarni sotiş davom etayotganidan noroziligini bildirgan.
AQŞ Kongressi tomonidan qabul qilingan qonun Trampga Rossiya neftini sotib oluvçi mamlakatlar uçun 500 foizgaça boj joriy etiş vakolatini beradi, bu esa, Bessent sözlariga köra, AQŞ ittifoqçilarini Rossiyaning energiya daromadlarini tösib qöyiş uçun xuddi şunday çoralar körişga majbur qiladi.
Reuters naşriga köra, Xitoy Rossiya neftining eng yirik xaridori bölib qolmoqda - kuniga taxminan 2 mln barrel, undan keyin Hindiston va Turkiya.
Şu bilan birga, AQŞ prezidenti Donald Tramp Hindiston tovarlariga 25 foizlik bojlar, Moskva bilan savdo aloqalari tufayli qöşimça jarimalar joriy etilişini e’lon qildi. Tramp Hindistonni Rossiyadan harbiy texnika va energiya resurslarini sotib olgani uçun tanqid qilib, buni Ukrainadagi uruşni töxtatiş uçun tösiq deb atagan.
Hizbulloh rahbari qurolsizlanişni rad etdi
Liviya Hizbulloh yetakçisi Şayx Naim Qosim Eron bilan ittifoqdoş bölgan bu guruhni qurolsizlantirişga çaqiriqlar faqat Isroil manfaatiga xizmat qilişini aytdi. AQŞ esa guruhning qurol-yaroğlarini olib taşlaş yölida bosimni kuçaytirmoqda.
«Qurolni topşirişga çaqirayotganlar amalda uni Isroilga topşirişni talab qilmoqda... Biz Isroilga böysunmaymiz», — dedi Qosim telemurojaatida.
Hizbulloh ötgan yili Isroil bilan bölgan uruşda oğir talafot kördi: guruh rahbariyatining katta qismi yöq qilindi, minglab jangçilari halok böldi va ön minglab tarafdorlari uylari vayron bölgani sababli boşpanasiz qoldi.
Reutersʼga ma’lum bölgan beş manbaga köra, AQŞ hozirda Livandan Hizbullohni qurolsizlantiriş böyiça rasmiy hukumat qarorini qabul qilişni talab qilmoqda. Şundan keyingina Isroilning mamlakatdagi harbiy amaliyotlarini töxtatiş böyiça muzokaralar qayta boşlanişi mumkin böladi.
Hizbulloh oçiqçasiga butunlay qurolsizlanişni rad etmoqda, ammo xususiy tarzda öz arsenalini qisqartiriş ehtimolini körib çiqmoqda.
Guruh yetakçisi AQŞning Hizbullohning raketa va dronlarini olib taşlaşni talab qilayotganini, çunki bu qurollar Isroilni «qörqitayotganini» aytdi. Qosim AQŞning maxsus vakili Tomas Barrakni «Livanning öz xavfsizligi uçun emas, balki Isroil manfaatlari yölida» qurolsizlantirişga çaqirmoqda, deb aybladi.
Iyul oyi boşida Barrak Beyrutda Livan rasmiylari bilan uçraşib, qurolsizlantiriş taklifini muhokama qilgan edi. Rejaga köra, Hizbulloh töliq qurolsizlantirilişi evaziga Isroil qöşinlari Janubiy Livandagi bir neçta postlardan çiqib ketadi va Isroilning havo hujumlari töxtatiladi. Bu jarayon tört oy içida yakunlanişi közda tutilgan.