Toşkentdagi “Yangi Özbekiston” boği hududida joylaşgan plyajda bir yigit suvga çökiş oqibatida halok böldi. Kun.uz'ga yetib kelgan ma’lumotga köra, baxtsiz hodisa bugun, 31 iyul kuni dam oluvçilarning köz öngida röy bergan; plyajga mas’ul xodimlar va boşqalar yigitni qutqarib qololmagan.
Kun.uz'ga murojaat yöllagan voqea guvohining sözlariga köra, yigitni çömiliş havzasi xodimlari emas, dam oluvçilardan biri qirğoqqa olib çiqqan va yurak-öpka reanimatsiyasini bajargan. Oradan 10 daqiqaça ötib, mas’ul tibbiy xodim yetib kelib, u ham reanimatsiyada qatnaşgan. Birozdan keyin tez yordam ham yetib kelgan, lekin bu vaqtga kelib, yigit vafot etgan edi.
Toşkent şahar prokuraturasi Kun.uz söroviga javoban ölim röy berganini tasdiqladi. Tergov tezkor guruhi voqea joyiga yöl olgan.
Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berilişi kutilmoqda.











