Donald Tramp Qöşma Ştatlar 1 avgustdan e’tiboran Hindistonga nisbatan 25 foizlik eksport boji joriy etişini ma’lum qildi. U bu haqda Truth Social ijtimoiy tarmoğida yozib qoldirgan.
Amerika rahbari Hindistonni «döst» deb atagan bölsa-da, u mamlakat tovarlariga qöyiladigan boj stavkalari jahondagi eng yuqori körsatkiçlardan biri bölişini aytdi.
«Garçi Hindiston bizning döstimiz bölsa-da, biz köp yillar davomida u bilan nisbatan kiçik savdo hajmlariga ega böldik, çunki uning bojlari haddan taşqari yuqori – dunyodagi eng yuqorilaridan biri, şuningdek, u barça mamlakatlar örtasida qattiq va yoqimsiz nomonitar savdo tösiqlarini örnatadi», – degan Tramp.
Trampning sözlariga köra, Hindiston «öz harbiy texnikalarining katta qismini Rossiyadan sotib olgan hamda Xitoy bilan birgalikda Rossiya energiya taşuvçilarining eng yirik xaridori hisoblanadi – «butun dunyo Rossiyaning Ukrainadagi qotilliklarni töxtatişini istayotgan bir paytda esa, bu işlar yaxşi emas».
«Şuning uçun Hindiston 1 avgustdan yuqoridagilar uçun 25 foizlik tarif va jarima tölaydi», – deb yozgan Tramp.
U Hindiston uçun jarima yuzasidan boşqa tafsilotlarni keltirmadi.
Iyul oyi örtalarida Donald Tramp Moskva Kiyev bilan 50 kun içida öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişmasa, AQŞ Rossiya va uning savdo hamkorlariga nisbatan boj joriy etişi bilan tahdid qilgandi. Keyinçalik u bu muddatni 10 kungaça qisqartirdi. Şu bilan birga, Tramp bu çeklovlar Rossiyaga ta’sir qiliş-qilmasligini bilmasligini aytgan.
Hindiston neft vaziri Xardip Singh Puri agar Rossiya energetikasiga ikkilamçi sanksiyalar qöllansa, Hindiston özining neftga bölgan ehtiyojini muqobil manbalardan qondira olişini aytgan. Uning sözlariga köra, Hindiston Rossiya importi bilan boğliq har qanday muammoni boşqa mamlakatlardan yetkazib beriş orqali hal qilişi mumkin.
Ma’lumot uçun, 2024 yilda AQŞ va Hindiston örtasidagi savdo hajmi 190 mlrd dollarni taşkil etgan bölib, savdo kamomadi 45,8 mlrd dollar bölgan. Tomonlar özaro savdo hajmini 500 mlrd dollarga yetkazişni maqsad qilgan.












