Volodimir Zelenskiy Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) vakolatlarini kengaytiruvçi va uning xodimlari sonini oşiradigan qonunni imzoladi. Bu haqda Ukraina prezidenti özining Telegram-kanalida e’lon qilingan videomurojaatida ma’lum qildi.
«Bugun men SBUni mustahkamlovçi qonunni imzoladim, bu xizmatga jangovar topşiriqlarni bajariş va bosqinçini yöq qiliş, Ukrainani himoya qiliş böyiça maxsus operatsiyalarni ötkaziş uçun köproq imkoniyatlar beradi», — dedi Zelenskiy. Xususan, "Alfa" bölinmasi deb ham ataladigan Maxsus operatsiyalar markazi (TsSO) xodimlari soni köpaytiriladi. «Bular eng samarali jangçilardir», — deya qöşimça qildi davlat rahbari.
Oliy rada veb-saytida e’lon qilingan qonun loyihasida harbiy holat davrida TsSOda kamida 10 ming kişi işlaşi qayd etilgan. Hammasi bölib, tinçlik davrida SBU xodimlari soni 37 ming kişini, «maxsus davrda» esa 41 ming kişini taşkil qiladi. Harbiy holat böyiça u mamlakatning safarbarlik rejasiga qarab belgilanadi.
Qonunga ilova qilingan qiyosiy jadvaldan kelib çiqadiki, umuman olganda SBU xodimlari soni 10 mingga oşiriladi. Avvalgi qonunga köra, Ukraina maxsus xizmatida tinçlik davrida 27 ming, «maxsus davrda» esa 31 ming kişi işlagan. Oldingi qonunda «Alfa» TsSO xodimlarining soni belgilanmagan, ammo Oliy radaning Milliy xavfsizlik, mudofaa va razvedka qömitasi kotibi, SBU polkovnigi Roman Kostenkoning «Ukrainskaya pravda» naşriga bergan izohida ma’lum qilişiça, hozirda u yerda bir neça ming kişi xizmat qilmoqda va qabul qilingan qonun xodimlar sonini «ikki yoki hatto uç baravar» köpaytiradi.











