AQŞ rasmiylari Rossiya va Ukraina 8 avgustgaça tinçlik bitimi tuzişini istamoqda. Bu haqda 31 iyul, payşanba kuni AQŞning BMTdagi doimiy vakili örinbosari Jon Kelli Moskva taşabbusi bilan çaqirilgan Ukraina böyiça BMT Xavfsizlik kengaşi yiğilişida ma’lum qildi.
«Rossiya va Ukraina öt oçişni töxtatiş va doimiy tinçlik böyiça kelişib olişi kerak. Kelişuvni tuziş vaqti keldi. Prezident Tramp buni 8 avgustgaça amalga oşiriş kerakligini aniq aytdi. Qöşma Ştatlar tinçlikni ta’minlaş uçun qöşimça çora-tadbirlar körişga tayyor», — dedi Kelli. Uning qisqaça javobi BMT saytida çop etilgan.
Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili örinbosari Dmitriy Polyanskiy aytişiça, Moskva yiğilişni Xavfsizlik kengaşi e’tiborini Ğarbning «Ukraina inqirozini diplomatik yöl bilan hal qiliş istiqbollariga bevosita yoki bilvosita putur yetkazuvçi» harakatlariga qaratiş maqsadida çaqirtirgan. Diplomatning sözlari BMT saytida ham keltirildi.
«Ukraina inqirozi Ğarbning Rossiya xavfsizlik manfaatlariga e’tibor bermaslikka bölgan köp yillik sa’y-harakatlari natijasida yuzaga kelgan keng qamrovli inqirozning hosilasidir», dedi Polyanskiy. U Moskvaning Ukraina masalasini diplomatik yöl bilan hal qilişga tayyorligini ma’lum qildi va Ğarb davlatlarini «tösib turiş örniga hamkorlik qilişga» çaqirdi.











