AQŞ prezidenti Donald Tramp bir qator davlatlarga nisbatan yangi bojxona tölovlarini joriy etiş töğrisida farmon çiqardi. Hujjat 31 iyul, payşanba kuni Oq uy saytida e’lon qilindi.
Eng yuqori tariflar Şveytsariya (39 foiz), Suriya (41 foiz), Laos va Myanma (40 foiz), Iroq (35 foiz) hamda Hindiston (25 foiz) uçundir.
Yevropa Ittifoqi, Yaponiya va Janubiy Koreyadan 15 foiz qöşimça tölov olinadi.
Röyxatda bölmagan mamlakatlarga 10 foiz miqdorida yagona tarif qöllanadi.
Bojlar 7 avgustdan kuçga kiradi. Dpa'ning nima uçun u kutilganidek 1 avgustdan kuçga kirmagani haqidagi savoliga javoban AQŞ rasmiysi yangi qoidalarni amalga oşiriş uçun köproq vaqt kerakligini aytdi.
Oq uy hujjatiga köra, bu çora «amerikalik işçilar manfaati uçun global savdoni qayta quriş»ga qaratilgan.











